Abolitsionistlar


Download 284.5 Kb.
bet1/28
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1533424
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
atamalar tarix




TARIX


fanidan atamalar lug’ati


(barcha tarix fani o’quv darsliklari asosida)




<< A >>
Abolitsionistlar(inglizcha – bekor qilish) – Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari;
Abolitsionizm(lotincha – yo’qotish, bekor qilish) – qora tanlilarni qullikdan ozod qilish harakati;
Admiral(arabcha – dengiz hukmdori, hokimi) – harbiy dengiz floti qo’mondonlariga beriladigan unvon;
Afyun(yunoncha abiyun) – mudratuvchi, uxlatuvchi so’zidan kelib chiqqan bo’lib, kuchli giyohvand moddaga aytiladi;
Agora – qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig’ilishi joyi, markaziy maydon;
Agrar(lotincha – yerga, dalaga oid) – qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan hududga, aholining qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo’lgan joyga nisbatan qo’llaniladi;
Agrar islohot – yer-suv, terga egalik va yer-suvdan foydalanishga oid tartiblarni qayta o’zgartirish;
Akademik(fransuzcha)yuksak ilmiy unvon;
Akademiya – oliy ilmiy tashkilot;
Akkad – Mesopotamiyaning shimoliy qismidagi ko’chmanchi chorvadorlar o’rnashgan qismi;
Akinak – xanjar (O’rta Osiyo);
Aksionerlik jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati;
Akveduk – shaharga suv keladigan ustida anhori bo’lgan baland ko’prik;
Allod(yunoncha) – yerga to’la egalik qilish. G’arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan yer-mulk;
Altamir – Ispaniyadagi so’nggi paleolitga oid rasmlar topilgan g’or;
Altar – ibodatxona yonidagi qurbonlik baxshida etiladigan ko’tarma joy (Qadimgi Rim);
Amfiteatr – sahna atrofida tomoshabinlar o’tirishiga mo’ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot;

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling