Best – masjid va qabristonlarda tinch o’tirib, sust qarshilik ko’rsatish;
Bill(inglizcha) – Qonun loyihasi, Konstitutsiyaga tenglashtirgan hujjatlarning nomi;
Birja(nemischa – hamyon) – tovar va qimmatbaho qog’ozlarning ulgurji savdosi bozori;
Bitikchilar – xon va mahalliy hokimlarning barcha yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor;
Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko’radigan sud;
Bob(arabcha) – eshik, darvoza;
Boj – o’lpon, soliq. Bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga to’lanadigan, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to’lov;
Boyarlar dumasi – Rus davlatida dastlab knyazlar, so’ng podsho huzuridagi (1547-yildan) Oliy davlat kengashi;
Boykot(inglizcha – chora) – biror-bir davlat yoki korxona tovarlarini xarid qilishdan voz kechish;
Brittlar – kelt qabilalaridan bo’lib, Britaniyaning asosiy aholisi hisoblangan;Budda – Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi, <>tarzida tarjima qilinadi;
Buddaviylik – miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot;
Bundesrat(Ittifoq Kengashi) – Germaniya parlamentining yuqori palatasi;
Budun – chorvador aholi;
Burjuaziya(shaharning hurmatli, mo’tabar fuqarolari) – aholining savdo-sotiq, sanoat, bank kabi sohalarida tadbirkorlik faoliyati yuritish orqali daromad topuvchi hamda ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanuvchilar toifasi. Bu atama dastlab sudya, advokat, notarius, shifokorlarga nisbatan ishlatilgan;
Burjuaziyab inqilobi – kapitalistik jamiyat taraqqiyotiga g’ov bo’layotgan feodal tuzumining kuch bilan ag’darilishi yoki uning qoldiqlarining tugatilishi. Mamlakatda burjuaziya hokimiyatining o’rnatilishi;
Buyuk chekinish – rus armiyasining 1915-yil bahor va yozida og’ir talofatlar bilan chekinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |