Abolitsionistlar


Download 284.5 Kb.
bet5/28
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1533424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
atamalar tarix

<< D >>


Daftardor – xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor;
Danaylar – Gomer <>da yunonlarni shunday atagan;
Davlat parlamentiAQSHda tashqi ishlar vazirligi;
Davlat suvereniteti(fransuzcha – oliy hokimiyat) – hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda to’la mustaqilligi;
Davlat to’ntarishi – davlat hokimiyatini qonunda ko’zda tutilmagan usullar bilan egallab olish;
Dax’yu – qabilalar ittifoqi;
Dekadentlik(lotincha – tanazzul) – Yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzda ifoda etuvchi tushuncha. Tanazzulga yuz tutishlik, umidsizlik kayfiyati, hayotdan bezishlikni o’zida aks ettiruvchi oqim;
Deklaratsiya(lotincha – ma’lum qilaman) – hukumatning, biror tashkilotning muhim bir hujjatni, qonunni, voqeani ko’pchilik e’tiboriga yetkazuvchi bayonoti;
Dekret(lotincha – qaror) – oliy hokimiyat boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega bo’lgan qaror;
Delegat(lotincha – yuborgan) – bir tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil;
Delta – Nil daryosi O’rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksimon yalpi manzarani yuzaga keltiruvchi, ya’ni yunoncha delta harfiga o’xshagan joy;
Demobilizatsiya – harbiy xizmatdan bo’shatish;
Demokratik adabiyot – hukmron tabaqalar manfaatiga emas, xalq manfaatlariga, uning kelajagiga xizmat qiluvchi, kishilarni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalovchi, voqelikni haqqoniy aks ettiruvchi adabiyot;
Demokratiya(yunoncha <> ) – har bir fuqaro o’z mamlakatini boshqarish masalasi bo’yicha o’z fikrini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum;
Depesha shoshilinch xabar;
Dehqon(qishloq hokimi) – ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa;

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling