Glossariy abolitsionizm


Download 68.22 Kb.
bet1/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA


GLOSSARIY
Abolitsionizm – (lot. bekor qilish) biror qonunni bekor qilishga qaratilgan ommaviy harakat. XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida AQSHda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan.
Avtonomiya – (yunon. autos+nomos-o‘zi+qonun); 1. yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o‘lka) o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini berish; 2. Ma’muriy-hududiy birlik; 3. Qandaydir organlar (xo‘jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi.
Afv etish – Sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda afv davlat boshlig‘ining qarori bilan amalga kiritiladi.
Agregatsiya – (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida turli manfaatlar uyg‘unlashtiriladi va ular o‘rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu jarayonda asosiy va muhim manfaatlar tanlab olinadi ularni qondirish chora va tadbirlari ko‘riladi.
Advokatura huquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan Shug‘ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. O‘zb.Res. fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g‘risidagi qonuni 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan.
Adliya – (arab.-adolat) sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, Shuningdek, sud idorasini bildiruvchi atama.
Adolat (arab. – odillik, to‘g‘rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o‘zaro umumiy munosabatini va ularning individlar o‘rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga mos bo‘lgan jamoa tartibi.
Aeronavigatsiya – (lot. - kemada suzish) Uchish apparatlarini tegishli asbob va vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; havo navigatsiyasi.
Amnistiya – jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to‘liq yoki qisman jazodan ozod qilish, Shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling