Glossariy abolitsionizm
Download 68.22 Kb.
|
GLOSSARIY TARJIMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy hamkorlik
- Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
- Iqtisodiy resurslar
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Ijtimoiy uyushmalar – fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik asosida vujudga keluvchi, lekin o‘z faoliyati natijasida daromad olishni ko‘zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday ko‘ngilli uyushmasi – ijtimoiy uyushmadir. Mavjud siyosiy hayotni o‘zgartirishga yoki unga ta’sir etishga urinuvchi ijtimoiy uyushmalar siyosiy, deb qaraladi. Ijtimoiy hamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi. Ijtimoiy sheriklik – davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, Shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, Shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Iqtisodiy mustaqillik – muayyan bir mamlakatning shu mamlakatda mavjud ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy boyliklarga va shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi. Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir Download 68.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling