Glossariy abolitsionizm


Download 68.22 Kb.
bet4/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Vatan ravnaqi – milliy istiqlol mafkurasining Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan g‘oyalaridan biri. Prezidentimiz Vatan ravnaqi g‘oyasini ilgari surar ekan, uning mazmunini har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi, uni xalq baxt-saodati yo‘lida xizmat qilishga undovchi bunyodkor g‘oyadir deb ta’riflaydi. Zero, u milliy istiqlolning oliy maqsadi - O‘zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolarning el-yurt kamoli bilan bog‘liq orzu-umidlarini amalga oshirishni ifodalaydi.
Vatanparvarlik – Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxt-u saodati uchun kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg‘udir. Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat.
Verbal – (lot.) og‘zaki; bunda siyosiy ishtirokni shaxsning subyektiv jihatiga bog‘liq emasligiga ishoraqilinmoqda.
Vijdon erkinligi – ijtimoyi-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqi.
Galereya – (fr. – peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi usti yopiq uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus.
Genezis – yunon. genesis- kelib chiqish; paydo bo‘lish, tashkil topish jarayoni.
Global – (frans. global-umumiy); umuman olganda, butun er yuzi bo‘ylab.
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling