Glossariy abolitsionizm


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Download 68.22 Kb.
bet3/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig‘ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuterlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internet axborot resurslarini ta’minlash kiradi.
Bakalavr – (lot. Baccalaureus) Oliy ta’lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi.
Baynalmilal – (arabcha–millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.
Bipartizm-ijtimoiy sheriklikning ikki sub’ekti o‘rtasidagi keliShuv
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayriboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayriboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bunyodkor g‘oya — jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo‘lgan g‘oya.
Vayronkor (buzg‘unchi) g‘oyayovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor kuchlarning hukmronligini o‘rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo‘lgan g‘oyalar majmuini ifodalovchi tushuncha.
Vatan ( arabcha “Vatan” – ona yurt ) – kishilarning yashab turgan, ularni avlod va ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan bir-birini taqozo etuvchi tashqi muhit va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtayi nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug‘ilib o‘sgan va kamol topgan joy.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling