Empirizm – yunon. emperia-tajriba; tajribani bilishning birdan-bir vositasi, deb tan oluvchi ta’limot.
Erkinlashtirish – mamlakatning demokratik jamiyatgao‘tish va islohotlar o‘tkazish jarayoni damavjud bo‘ladigan turli to‘siqlar, cheklashlar va yon berishga majbur etadigan omillardan qutilishga qaratilgan amaliy faoliyatdir. U demokratik jarayonlarning samarali rivojiga yangi kuch, quvvat va ilhom bag‘ishlash imkoniyatini yaratadi.
Yuksak ma’naviyat – inson ma’naviyatining eng yuqori darajasi bo‘lib, u insonlarni eng ezgu va ulug‘ maqsadlarga yo‘naltirishga xizmat qiladigan ona Vatan baxti iqboli yo‘lida buyuk jasoratga chorlaydigan yengilmas kuchdir.
Yurisdiksiya – (lotincha – sud qilish, sud jarayoni) Huquqiy masalalarni hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi vakolatlari doirasidagi huquq sohasi.
Yurt tinchligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri, mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiy sharti.
ISESCO – Islom Konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasi.
ZiyoNet – ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2005-yil 28-sentabrdagi PQ191-sonli “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi, respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilari uchun ta’lim olish tizimida keng ko‘lamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. ZiyoNET O‘zbekiston Respublikasiga taalluqli bo‘lgan turli resurslar tiplaridan axborot axborot ta’lim tarmog‘i: darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, leksiyalar konspektlari, referatlar, taqdimotlar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, bakalavrlarning bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalari, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarning avtoreferatlari va yana boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |