Glossariy abolitsionizm
Download 68.22 Kb.
|
GLOSSARIY TARJIMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skrining
- Subordinatsiya
- So‘z erkinligini ta’minlash
- Shafe
Siyosiy tashkilotlar – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari, maqsadlarini ifoda etadi.
Siyosiy tizim – jamiyatda davlat hokimiyati va boshqaruvni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Skrining – (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish. Sotsial – lot. socialis – ijtimoiy, jamoatchilik; jamiyat va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘langan. Sotsium – lot. socium-umumiy, birgalikdagi; insonlar hayot faoliyati shart-sharoitlarini birligini xarakterlovchi ijtimoiy umumiylik, birlik. Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish. Struktura (lotincha “structura” –“tuzilma”, “tuzilish”) – ob’ektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir. Subordinatsiya – (lot.) tartibga keltirish; xizmat intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‘yicha kichik mansabdorlarni katta mansabdorlarga bo‘ysunishiga qat’iy amal qilish. Suveren – fran. souveraim-oliy so‘zidan olingan bo‘lib, oliy, suverenitetga ega bo‘lish, mustaqil, qaram bo‘lmagan ma’nolarini beradi. Suverenitet – (fran. “souveränität”) davlatning ichki ishlar va tashqi munosabatlarda xorijiy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymagan holdagi mustaqilligi va muxtoriyati. So‘z erkinligini ta’minlash – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan biri – o‘z fikrini (hayolini) oshkora (og‘zaki, yozma ravishda va/yoki ommaviy axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun kompleksli shart-sharoitlarni yaratish. Shafe – (tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, homiylik qiluvchi; homiy. Taraqqiyot – jamiyat rivojlanishining oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga o‘tishi jarayoni. Download 68.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling