Glossariy abolitsionizm


Faol (aktiv) saylov huquqi


Download 68.22 Kb.
bet20/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Faol (aktiv) saylov huquqi – fuqaroning saylanadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylash huquqi.
Feminizm – lot. femina-ayol; erkaklar bilan ayollar huquqlarini tenglashtirish uchun faoliyat yuritadigan ayollar harakati.
Festival – (ital.– bayramona, shod, quvnoq) san’atning musiqa, kino, teatr va boshqa sohalarida erishilgan eng yaxshi yutuqlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov, ko‘rikdan iborat ommaviy bayram, tantana, sayil.
Fikr erkinligi – bu jamiyat a’zosi bo‘lgan har bir shaxs tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga, fuqarolar bilan siyosiy tashkilotlarga va milliy, irqiy, diniy, sinfiy munosabatlarga ega bo‘lgan mustaqil fikrlarini huquqiy, siyosiy diniy va boshqa muassasalar tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli tazyiqlardan muhofaza qiladigan ijtimoiy muhit.
Forum – lot. forum;vakillar majlisi, qurultoyi, kongressi; qadimgi Rimda xalq majlisi o‘tkazilgan maydon.
Fraksiya – lot. fractio-buzish, sinish, darz ketish; parlament a’zoligiga yoki boshqa vakillik organlariga saylangan deputatlar birlashmasi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hududiy asosi – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish, birlashtirish, tugatish hamda ularning chegaralarining o‘rnatish va o‘zgartirish tartib-qoidalarini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari bilan kafolatlanadigan ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, Shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tashkiliy asosi – o‘zini o‘zi boshqarishhuquqining instituti sifatida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi,faoliyat tartibi, shakli va prinsiplarini, faoliyat doirasini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling