Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Boshqarish bo‘g‘ini va bosqichlari
IV BOB. BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMALARI 4.1. Boshqarish tuzilmalari haqida tushuncha “Struktura” lotincha so‘z bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo‘ysunishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bundan struktura odatda “boshqaruv apparati strukturasi” deb yuritiladi. U biror-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo‘limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari va ularga xos bo‘lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo‘linmalar yig‘indisi, ularning tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o‘ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir. 4.2. Boshqarish bo‘g‘ini va bosqichlari Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bug‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi. Boshqarish bo‘g‘ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo‘limlari (15-jadvalga karang). Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega. Boshqarish bosqichi - bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘in. Masalan: Download 314.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling