Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari


 Funksional tuzilma va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 314.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana13.04.2023
Hajmi314.37 Kb.
#1351526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-мавзу

 
4.3.3. Funksional tuzilma va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o‘laroq boshqaruvning funksional strukturasi 
rahbarlar va struktura bo‘g‘inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga 
qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funksiyalar biriktirib 
qo‘yiladi.
Boshqarish apparatini funksional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha 
oshiradi. Boshqarishning barcha funksiyalarini bajarishi lozim bo‘lgan universal 
rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga 
topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo 
bo‘ladi. 
Albatta, funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: 
• o‘z sohasini chuqur va puxta biladigan; 


• jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo‘lgan; 
• o‘z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan; 
• chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar tbo‘lishi kerak. 
Funksional bo‘linmalar bevosita barcha quyi struktura bo‘linmalarining (A
1

A
2
, A
3
, B
1
, B
2
, B
3
) faoliyatini boshqaradi (punktir chiziqlarga e’tibor bering). 
Funksional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi 
masalalar bo‘yicha quyi bosqich organlari va bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlikni 
ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo‘limi sexlarning reja byurolariga 
rahbarlik qiladi. 
Bunda ham funksional bo‘limlar rahbarlarining vertikal bo‘yicha ierarxiyasi va 
bo‘ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o‘laroq, bunday bo‘ysunish 
ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo‘ysunishdir. Masalan, korxona reja 
bo‘limining boshlig‘i sex reja byurosi boshlig‘iga, hatto aynan shu vazifaga doir 
masala bo‘yicha ham buyruq berish huquqiga ega bo‘lmaydi. Biror ma’muriy 
buyruqni korxona direktori sex boshlig‘iga berishi mumkin, sex boshlig‘i esa sex 
reja byurosi boshlig‘iga shunday buyruq bera oladi. 
Funksional struktura ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega (13-jadval). 
 
13-jadval 

Download 314.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling