Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
R.N.ERGASHEV, G.M.ERGASHEVA, M.X.ESHONQULOVA 
BOSHLANG‘ICH TA’LIM 
PEDAGOGIKASI,
INNOVATSIYA VA 
INTEGRATSIYASI 
Respublika oliy o‘quv yurtlarining “Boshlangich ta`lim va sport-
tarbiyaviy ish” bakalavr ta’lim yo`nalishi talabalari uchun darslik 
TOSHKENT-2022 



Mazkur darslikda “Boshlang‘ich ta`lim pedagogikasi, integratsiya va 
innovatsiyasi” fanining asosiy mazmuni, maqsad va vazifalari yoritilgan bo`lib,
“Pedagogika”, “Integratsiya”, “Innovatsiya” kabi bo`limlarni o`z ichiga oladi. 
Darslik Oliy o’quy yurtlarining 5111700 - “Boshlang‘ich ta`lim va sport-
tarbiyaviy ish” bakalavr ta’lim yo`nalishi talabalariga mo`ljallangan.
 
 
 
Mualliflar: R.N.Ergashev, G.M.Ergasheva, M.X.Eshonqulova 
 
 
 
Taqrizchilar: JizPI “Kasbiy ta’lim” kafedrasi professori, 
p.f.d. J.A.Xamidov 
GulDU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti,
p.f.n. H.Abdukarimov 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 
31 maydagi “231”-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. 
 



K I R I SH 
Mustaqillik yillarida respublikamizda kadrlar tayyorlash va ta’limni tashkil 
etishning jahon standartlariga javob bera oladigan samarali tizimi yaratildi.
Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’limni modernizatsiyalashga davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimida yanada 
rivojlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ 2909-son qarori, 2017 yil 27-iyuldagi 
“Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada kengaytirish chora-
tadbirlarlari to‘g‘risida”gi PQ -3151-son qarori, 2017 yil 9 avgustdagi “ Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ – 3775-son qarori qabul qilindi. 
Davlatimiz rahbari bolalar tarbiyasi jarayonida o‘z ishini puxta biladigan, malakali 
va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan 
holda, ularni go‘daklardan fikr va tafakkurni to‘g‘ri shakllantirib bormasak, 
kelajakda yuksak saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni 
tarbiyalash, yosh avlodni tarbiyalashning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich 
ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi haqida to‘xtalib o‘tganlar.
Shunday ekan, bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqqan holda, 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limning integrativ xarakterini
o‘zining bo‘lajak kasbiy faoliyatining integrativ yo‘nalganligini aniq his qila olishi,
ushbu vazifalarni hal etish uchun tashkiliy jihatdan ham, mazmuniy jihatdan bajara 
olishlari zarur. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgarligida integratsiyalash zarurati unda kasbiy kompetentlikni shakllantirish 
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda etuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan 
ta’lim tizimi barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan ijodkor shaxsni
tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.



Ta’lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, 
zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta’lim 
jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat 
berilmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalar kirib kelmoqda. Respublikamiz 
mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya tiziminini tubdan isloh qilish maqsadida bir 
qator asoslarnini ishlab chiqdi. Milliy pedagogikamizning jadal sur’atlarda taraqqiy 
etishi, ta’lim-tarbiya jarayonida Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, 
Az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla 
Avloniy singari ulug’ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolarning merosidan foydalanish 
imkoniyati yaratildi. Ular ta’limdagi milliy xususiyatlarga alohida e’tibor berishgan. 
Mustaqillik yillariga qadar ularning pand-o’gitlari еtarli darajada o’rganilmadi. 
Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi nihoyatda gullab-yashnagan. 
Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun yaratib qoldirganlar.
Bugungi kun o’zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga 
olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so’nggi yutuqlarga tayangan holda 
taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o’zbek pedagogikasida barkamol insonni 
shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.
Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan 
holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Inson 
ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o’zgarish sezilmaydi. 
Modomiki, zamon jadal sur’atlarda o’zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu 
o’zgarishlarga hamohang bo’lmog’i darkor. Shularni nazarda tutgan holda ushbu 
darslik yaratildi. 




Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling