Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Chiziqli-shtabli tuzilma
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
4.3.2. Chiziqli-shtabli tuzilma
CHiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi . SHtablarning vazifasi har xil muammolarni o‘rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo‘lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funksiyalarning murakkablashuvi. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. CHiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‘lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo‘lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishga javobgardirlar. Ular maslahat berish funksiyasini bajaradilar. CHiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat. SHtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo‘lgani uchun korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo‘lganligi sababli murakkablashadi. SHtabdagi menejerlar o‘zlarini mutaxassis, o‘z sohalarining bilimdoni ekanligini isbotlamoqchi bo‘lsalar, chiziqli rahbarlar esa yakka rahbar ekanliklarini pesh qiladilar. G‘arb menejmentidagi ayrim nazariyotchilar bu ikki turdagi menejerlar korpusini yaxlit tashkilot tarkibidagi qarama-qarshi sotsial guruh deb atashadi. Bu erda shtabdagilar o‘zlarini elita darajasida his etadilar. Yirik korporatsiyalardagi shtablar ko‘p hollarda mazkur korxonaning asosiy markaziy organlariga aylanib qoladilar va chiziqli organlar faoliyatini murakkablashtirishga urinadilar. Bunday vaziyatdan qutulish uchun korxonalar boshqarish strukturasiga o‘zgartirishlar kiritib, shtablar sonini yoki ularnint xodimlarini qisqartirishga erishadilar. Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o‘z diqqatlarini ilmiy- tadqiqiy ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo‘g‘inlarning paydo bo‘lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish harajatlarining o‘sishidadir. Download 314.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling