9-chizma. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari.
Boshqaruv strukturasida asosiy o‘rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar
egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhimdir. Ba’zan ular tashkilotning ishini
yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyatta ega bo‘ladi.
Norasmiy aloqalar turli
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari,
unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar,
qiziqishlar, sport bilan
shug‘ullanish yoki do‘stona
munosabatlar, birga o‘qiganlik va boshqalar kiradi.
Norasmiy aloqalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. CHunki:
• norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo‘g‘inlari bilan kesishadi;
• qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo‘ladi va korxonaning barcha
ishiga ta’sir ko‘rsatadi;
• norasmiy tizim o‘zining ko‘pgina ko‘rsatkichlari bo‘yicha korxona faoliyatining
samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo‘q emas.
Ehtiyotkorlik,
sezgirlik yo‘q bo‘lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik va
shunga o‘xshash ko‘rinishlarning sodir bo‘lishi hech gap emas.
Do'stlaringiz bilan baham: