Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Dasturli-maqsadli tuzilma va uning turlari
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
4.3.4. Dasturli-maqsadli tuzilma va uning turlari
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko‘pgina muammolarni hal etish gorizontal bo‘yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi. Masalan, korxona yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tadigan bo‘lsa: • materiallarni sarflashning yangi normasini ishlab chiqish; • mehnat normalarini qayta ko‘rib chiqish; • turli kasblardagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash; • yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash; • etkazib beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish; • yangi texnologiya va texnikani joriy etish va hokazolar talab qilinadi. Bularni mazmun va muddatlariga ko‘ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funksional xizmatlar o‘rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, baxs va nizolar bilan amalga oshiriladi. CHiziqli struktura rahbari esa ko‘p sonli bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi. Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo‘li bilan aniqrog‘i, chiziqli-funksional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. Bunday struktura quyidagi uch ko‘rinishda bo‘ladi: • loyiha bo‘yicha boshqaruv; • mahsulotta ko‘ra boshqaruv; • matritsaviy struktura. Loyiha bo‘yicha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati tug‘ilgan hollarda foydalaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo‘limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo‘lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi Ish bitgandan keyin loyihalash guruhi tugatiladi. Loyiha bo‘yicha boshqarish muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bo‘laklarga ajratadi yoki to‘ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha funksional xizmatlari va bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi va u vazifalarning bajarilishi uchun to‘la javobgar hisoblanadi. Loyiha bo‘yicha boshqaruv ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarishda tuziladi. Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo‘lib, texnologik jarayonlarni bo‘g‘inlar, ishchilar o‘rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini nazorat qilib boradi. CHiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi (13-chizmaga, punktir chiziqlarga e’tibor bering). Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo‘lib, rasmiy jihatdan ularga bo‘ysunadi. Masalan, texnik toshpiriqlarni u sex boshlig‘idan, jarayonlarni bajarish jarayonida esa ko‘rsatmani mutaxassisdan, loyiha rahbaridan oladi. Mahsulotga ko‘ra, boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo‘llari va oqimining qisqarishida, yakkaboshchilik tamoyiliga to‘la rioya qilinishida, boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan halos qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday struktura bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir. Download 314.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling