Reja: Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish


Download 48.25 Kb.
bet1/6
Sana03.05.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1423421
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon iqt


Mavzu:Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi


Reja:
1.Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish
2.Ixtisoslashuvning bosqichlari va turlari haqida ma’lumot.
3.Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari va turlari
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish — korxona, kompaniya yoki ularning biror tarkibiy qismining asosiy faoliyatini tor doiradagi mahsulot, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirish. Maʼlum mahsulot ishlab chiqaradigan xoʻjalik sohalari va korxonalarning shakllanishida oʻz ifodasini topadi. Tarixiy taraqqiyot davomida sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b. sohalarda ixtisoslashish paydo boʻldi. Oʻz navbatida, bulardan yana yangi ixtisoslashgan sohalar ajralib chiqmoqda. Sanoatda ixtisoslashuv tayyor mahsulot, detal va qismlar, texnologiya boʻyicha boʻlishi mumkin. Mashinasozlikda qismlar (detallar) boʻyicha ixtisoslashuv avtomobilsozlik, transportsozlik va aviatsiya sanoatida koʻp uchraydi. Natijada yigʻish korxonalari — kooperatsiya asosida mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar kengayib boradi. Ixtisoslashgan sohalar va korxonalar bir xil mahsulot ishlab chiqaradi, ularning oʻziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlari boʻladi. Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning oʻsishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida ixtisoslashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Ishlab chiqarish korxonalar ishini samarali tashkil etish hisoblanib, binolardan, asbob-uskunalardan, materiallardan bekam-koʻst foydalanishda, fan va texnikaning eng yangi yutuklarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qoʻllashda, mehnat unumdorligini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini tejashda katta samara beradi. Ishlab chiqarishning samaradorligi korxonani ixtisoslashtirish tufayli yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ketgan harajatlarni ixtisoslashtirishdan oldingi ishlab chiqarish hajmi xarajatlariga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.

Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling