Reja: Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish


Ixtisoslashuv.Bosqichlari va turlari haqida ma’lumot


Download 48.25 Kb.
bet5/6
Sana03.05.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1423421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon iqt

Ixtisoslashuv.Bosqichlari va turlari haqida ma’lumot.
Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo’lib, u mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas bog’liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuvi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O’z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo’jaligi bo`lishi ham mumkin), shahar rayonlarning
«qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi.
Ixtisoslashuvning uch turi — bu qism (detal), texnologik yoki yarim tayyor mahsulot va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko’rinishlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega.
Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar,shaharlarning funksional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishab chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi va mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joylardan keltiriladi.
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zurur. Muhimi — mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga — bozorga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Masalan, respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish bir oz mushkulroq, sababi — bu mahsulotlar O’zbekistonda hozircha yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la qondira olmaydi.
Ixtisoslashuv, albatta faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o’qituvchi, boshqalari — agronom, muhandis, tabobatchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu oliygohlar aynan ana shunday xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuv kabi o’zining chegarasi bo’lishi lozim; o’ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga) yo’l xarajatlarining ko’payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo’lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir.


Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling