Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Chiziqli tuzilmaning mohiyati
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Сhiziqli strukturaning ijobiy va salbiy tomonlari
4.3.1. Chiziqli tuzilmaning mohiyati CHiziqli struktura boshqarish strukturasining eng sodda turi bo‘lib, u quyydagi ko‘rinishga ega (10-chizma). Bunda boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbari (1) qo‘lida to‘planib, barcha quyi rahbarlar (A, B, V) va ishlab chiqarish bo‘g‘inlari (A 1 , A 2 ; B 1 , B 2 ; V 1 , V 2 ) unga buysunadi. Har bir rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi. Buysunuvchi xodimlar faqat o‘zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. YUqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig‘ini “chetlab” murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori sex boshlig‘ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. SHu tariqa rahbarlikning vertikal linyasi va bo‘ysunuvchilarga ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘li ochiladi. Chiziqli stukturaning o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor (13- jadval). 13-jadval Сhiziqli strukturaning ijobiy va salbiy tomonlari Ijobiy tomonlari Salbiy tomonlari • bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi, yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi; • bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir; • bosqichlar soni kam bo‘lganda boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi, vazifalar tezkor hal etiladi, butun tizim samarali ishlaydi; xodimlar faqat o‘z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi. • bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo‘ljallanganligi sababli, uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko‘proq. tezkor ishlar bilan band bo‘lib, strategik kompleks muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar; • bunday boshqariщda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog‘lanish bo‘lmaydi; • bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo‘lish xavfi kuchli, chunki strukturaning har bir bo‘g‘inida rahbar o‘z lavozimi bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo‘ladi. Boshqarishning chiziqli strukturasi uncha murakkab bo‘lmagan ishlab chiqarish sharoitida, ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq, va axborotlar hajmi kam bo‘lganda o‘zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, ko‘lamining kengayib borishi boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning o‘rniga chiziqli-shtabli strukturaning vujudga kelishini taqozo etadi. Download 314.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling