https://t.me/stomatologiya_kanali
Abdumannonov Saloxiddin
O'TKAZUVCHAN (TARMOQLI) OG'RIQSIZLANTIRISH - O'tkazuvchan og'riqsizlantirish odatda operatsiya maydonidan chetda, uch shoxli nervning katta tarmoqlari atrofida o'tkaziladi.
- O'tkazuvchan og'riqsizlantirish katta hajmdagi uzoq davom etadigan yuz-jag' jarrohlik aralashuvlarida va tishlarda davolash, charxlash muolajalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Ko'z osti nervini o'tkazuvchan og'riqsizlantirishni ikki uslubda bajarish mumkin: og'iz ichidan va tashqarisidan. - Ko'z osti nervini o'tkazuvchan og'riqsizlantirishni ikki uslubda bajarish mumkin: og'iz ichidan va tashqarisidan.
- Ko'z osti nervi joylashgan kanal qiya bo'lib, u tepadan pastga, oldinga va ichkariga (medial) yo'nalgan bo'ladi. SHuning uchun igna sanchilgandan so'ng pastdan yuqoriga, tashqariga qarab yo'naltiriladi.
Ko'z osti kanali chiqish teshigini aniqlashning uch usuli bor: - 1. Ko'z kosasi pastki qirg'og'ini paypaslab yuqori jag' yonoq o'simtasi va yonoq suyagi chokini hosil qilgan bo'rtmani topamiz, teshik shu bo'rtmada ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda joylashadi.
- 2. Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda shartli gorizontal chiziq o'tkazamiz, ikkinchi chiziqni vertikal holatda ikkinchi kichik oziq tish ildizi o'rtasidan o'tkazamiz. Shu chiziqlar kesishgan nuqtani ko'z osti nervi teshigi joylashgan deb tasavvur qilamiz.
- 3, Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda shartli gorizontal chiziq o'tkazamiz. Ikkinchi vertical chiziq to'g'riga qarab turgan ko'zning qora chetidan o'tkaziladi. Shu chiziqlarning kesishgan nuqtasi ko'z osti kanaliga kirish joyi bo'ladi.
OG'IZ ICHIDAN BAJARISH USULI. - l. Og'iz ichidan o'tkazish uchun yuqorida aytilgan uslublaming biridan foydalanib ko'z osti kanalining teshigi mo'ljalga olinadi.
- 2. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i teshik tahmin qilingan nuqtaga qo'yiladi.
- 3. Katta barmoq bilan og'iz ichidan yuqori lab ko'tariladi.
- 4. Igna markaziy va yon kurak tishlar oralig'idan o'tuv burmaga sanchiladi. Shu zahotiyoq og'riqsizlantiruvchi eritma yuboriladi va teshik tahmin qilingan sohaga suyakka yetguncha kiritiladi.
- 5.Shu sohaga 1-2 ml yuborib bir ikki daqiqa o'tib igna bir oz orqaga tortiladi va teshikni topish uchun suyakka bir necha marta sanchib teshik topiladi.
- 6.Igna kanalga kirsa “chuqurga tushganday” bo'ladi, 0,5 sm. kanalga kirib 1 ml eritma yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |