Tanglay katta teshigida o'tkaziladigan anesteziya. - Uch shoxli nervni ikkinchi shohidan qanot-tanglay chuqurchasida hosil bo'lgan qanot-tanglay tugunidan ajralib tanglay nervi katta tanglay kanali orqali katta tanglay teshigidan chiqadi va tanglay shilliq pardasining orqa qismini innervatsiya qiladi.
- Ignani sanchishdan oldin tanglay katta teshigining joylashishini tasavvur qilish kerak.
- Teshik proyeksiyasini topish uchun hayolan ikkita bir birini kesib o'tuvchi chiziq o'tkazamiz, biri uchinchi katta oziq tishi o'rtasidan tanglay parallel chokigacha.
- Shu masofa uchga bo'linadi va alveolyar o'siq tomondan masofaning 1/3 qismi mo'ljalida ikkinchi kesib o'tuvchi chiziq o'tkaziladi.
- Shu chiziqlar kesishgan nuqta katta tanglay teshigi proyeksiyasi bo'ladi.
- Ogiz ochib turganda bu teshikka ignani perpyondikulyar sanchib bo'lmaydi.
- Igna qiyalab borishini e’tiborga olib, u teshik proyeksiyasidan 0,5 sm. oldiroq va o'rtaroq sanchiladi.
Og'iz katta ochiladi, og'riqsizlantirishga qarama-qarshi tomondan o'ng qo'lda ushlangan shprits katta tanglay teshigi tahmin qilingan nuqtaga qaratiladi, igna sanchilib anestetik yuboriladi. - Og'iz katta ochiladi, og'riqsizlantirishga qarama-qarshi tomondan o'ng qo'lda ushlangan shprits katta tanglay teshigi tahmin qilingan nuqtaga qaratiladi, igna sanchilib anestetik yuboriladi.
- Igna to'qimaga suyakka qadalguncha kiritiladi va 0,5 ml anestetik yuboriladi.
Ogoh bo'ling! - Anestetik ko'p yuborilsa, yumshoq tanglay mushaklarini harakatlantiruvchi nerv tolalari bloklab tutib tanglay mushaklari harakatsizlanadi.
- Natijada yo'tal va qusish harakatlari paydo bo'ladi.
Burun-tanglay nervni og'riqsizlantirish. - Bu nerv qanot-tanglay tugunidan ajralib lateral va medial tarmoqqa bo'linadi.
- Lateral tarmog'i n.nasopalatinus burun to'sig'idan pastga va oldinga can. Insisivus orqali qattiq tanglayning old qismiga chiqadi.
- Ogriqsizlantirishga ko'rsatma: YUqori jag' frontal tishlarini davolash, olish va charxlash, alveolyar o'siq va qattiq tanglay shilliq qavatidagi jarrohlik muolajalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |