Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari


Download 314.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana13.04.2023
Hajmi314.37 Kb.
#1351526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-мавзу

Vazirlik  birlashma  korxona  sex  uchastka 
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda quyi 
bug‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Bu vertikal 
bo‘yicha bo‘linishdir. 


Barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysunish tartibi, har 
bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning huquq. va burchlari, , shuningdek, ular 
o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari 
boshqarish tizimini tashkil qiladi. 
Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo‘lishi mumkin. CHunonchi: 
• tarmoqlarni va mamlakat tumanlarini boshqarish; 
• har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; 
• korxonalar ichidagi bo‘limlarni (sexlar, uchastkalar va hokazolarni) boshqarish. 
Boshqarish strukturasini guruhlash belgilari vositasida yanada yaqqollashtirish 
mumkin. Quyidagi belgilar boshqarish strukturasini aniqlovchi belgilar hisoblanadi
(12-jadval). 
12-jadval 
Boshqarish strukturasini belgilovchi omillar 
Ko‘rinib turibdiki, boshqarish maqsadi, funksiyalari va vazifalari boshqarish 
strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan hisoblanadi. SHu o‘rinda shuni 
ta’kidlash lozimki, ko‘pgina hollarda yangi korxona yoki muassasalarni tuzish 
paytida avval boshqarish bosqichlari va bo‘g‘inlarining tarkibi, boshqarish apparati 
shtatlari belgilanadi, so‘ngra ular o‘rtasida funksiyalar taqsimlanadi. 
Xolbuki, bu jarayon aksincha bo‘lishi kerak, ya’ni dastlab maqsadga binoan 
funksiyalar soni aniqlanishi, shundan so‘ng boshqarish strukturasini tashkil etishga 
№ 
Belgi guruhlari 
Belgilar va omillar 
1. 
Strukturani aniqlovchi 
belgilar 
* boshqarish maqsadi; 
* boshqarish funksiyalari va vazifalari; 
* xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar guruhi; 
* ish vaqti tartibi, oralig‘i va boshqalar. 
2. 
Strukturaga ta’sir 
qiluvchi omillar 
* tashqi muhit; 
* texnologiya; 
* korxonaning katta-kichikligi; 
* biznes strategiyasi; 
* xodimlar soni; 
* qabul qilinadigan qarorlar tizimi; 
* shakllangan struktura va boshqalar. 
3. 
Strukturani 
maqbullashtiruvchi 
belgilar 
* yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan, unchalik katta 
bo‘lmagan bo‘limlar va bo‘g‘inlar; 
* ko‘p bo‘lmagan boshqaruv bug‘inlari; 
* o‘zgarishlarga nisbatan sezgirlik va hozirjavoblik; 
* yuqori darajadagi unumdorlik; 
* past darajadagi harajatlar; 
* ish grafigining bevosita iste’molchilarga moslashganligi va 
boshqalar. 


kirishish kerak. Masalan, agar funksiya miqyosi uncha katta bo‘lmasa, u holda 
mazkur korxonada biror-bir bo‘linmani tashkil qilishga yoki qo‘shimcha lavozimni 
kiritishga harajat bo‘lmaydi. 
Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. SHu nuqtai 
nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob berishi lozim: 

Download 314.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling