Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari


 Boshqarishning tarmoq organlari


Download 314.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana13.04.2023
Hajmi314.37 Kb.
#1351526
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу

4.5. Boshqarishning tarmoq organlari 
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni 20 tadan, korxonalarning soni esa 
100 mingtadan ortadi. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro 
muvofiqlashtirish, mamlakat hududida joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan 
talabni aniqlaщ tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda murakkab, keng qamrovli 
masalalardir. 
Bu masalalarni samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari 
mavjud: 
• Vazirliklar; 
• Davlat qo‘mitalari; 
• Konsernlar; 
• Korporatsiyalar; 
• Konsorsiumlar; 
• Assotsiatsiyalar; 
• Kompaniyalar; 
• Korxonalar; 
• Firmalar va boshqalar. 
Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli o‘laroq boshqaruv tizimida 
shunchaki ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizim ishtirokchisi sifatida maydonga 
chiqadi. 
Boshqarishning tarmoq organlari odatda, umumdavlat va mahalliy organlardan o‘z 
faoliyatining hajmi (mikesi) bilan farq qiladi. Bu hol ularning huquqiy nizomlarida aks 
etgan bo‘ladi. 
Vazirlik - bu o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy 
bo‘g‘ini. Vazirlik: 
• tarmoqning ahvoli, uni yanada rivojlantirish; 
• fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi; 
• ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va uning raqobatdoshligi; 
• ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish 
uchun mas’uldir. 


Vazirlikka O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. 
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi hamda vazirlik tizimidagi 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyati uchun vazir to‘liq javobgardir. 
Vazirlikda vazir (rais), uning o‘rinbosarlari va vazirlikning boshqa rahbar 
xodimlaridan iborat xay’at tuziladi. Xay’at o‘z majlislarida tarmoqni rivojlantirishga, 
korxonalarga amaliy rahbarlik qilishga doir asosiy masalalarni ko‘rib chiqadi, quyi 
organlar rahbarlarining hisobotini tinglaydi. Xay’at qarorlari vazir buyrug‘i bilan amalga 
oshiriladi. 
Boshqarish amaliyotida tarmoqlararo xarakterdagi zarurat, ya’ni turli tarmoqlar 
uchun umumiy bo‘lgan bir qancha maxsus vazifalarni amalga oshirish zarurati kelib 
chiqadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan maxsus masalalar bo‘yicha bunday 
muvofiqlashtiruvchi rahbarlikni maxsus vakolatga ega bo‘lgan organlari, ya’ni Davlat 
qo‘mitalari amalga oshiradi. 

Download 314.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling