1-Mustaqil ta’lim
Download 23.73 Kb.
|
1-Mustaqil ta’lim 1.18-javob
1-Mustaqil ta’lim 1.18.O‘zbekiston shaharlarini aholi soniga ko‘ra klassifikasiyasi va funksiyalari. Shaharlar o‘z ko‘lamiga qarab, eng avvalo 3 toifaga bo‘linadi (umuman, bunday «uch o‘lchovlik» barcha mavjudotlarga ham xos): katta, o‘rta va kichik. Biroq, bu tushunchalar tarixiy-geografik nuqtayi nazardan nisbiydir. Masalan, bir vaqtlar yirik hisoblangan shahar hozirgi davrda bunday bo‘lmasligi aniq. Ayni paytda shaharlaming katta-kichikligini belgilovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar ham hamma vaqt va barcha mamlakatlarda bir xil emas. Tabiiyki, uzoq qishloq aholisi uchun tuman markazi ham ancha yirik shahar hisoblanadi. Ammo mamlakat va uning poytaxti darajasidan qaraganda, hatto ba’zi viloyat markazlari ham ancha kichik ko‘rinadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, geografik taqqoslash va ilmiy tadqiqotlami bajarishda barchaga xos bo‘lgan umumiy mezon kerak, ya’ni shaharlaming yiriklik kategoriyasi, subyektiv va mahalliy qarashlaridan qat’i nazar, hammaga bir bo‘lishi shart. Shu nuqtayi nazardan yondashganda yirik yoki katta shaharlar aholisi 100 ming kishidan ortiq, o‘rta shaharlarda 50-100 ming va kichik shaharlaming har birida kamida 50 ming kishigacha aholi bo‘lishi kerak. Bunday tasnif oddiy va barchaga tegishlidir. Maxsus ilmiy tadqiqotlarda esa shaharlar tasnifi ancha keng turlangan bo‘ladi: 10 minggacha - mayda shahar; 10-20 ming - kichik shahar; 20-50 ming - «yarim o‘rta» shahar; 50-100 ming - o‘rta shahar; 100-250 ming - katta shahar; 250-500 ming - yirik shahar; 500 ming - lmln. - eng yirik shahar; lmln. va undan ortiq - millioner shahar. Shaharlar klassifikatsiyasida «birinchi» va «ikkinchi» shahar tushunchalari mavjud, masalan, O‘zbekistonniig birinchi shahri uning poytaxti Toshkent bo‘lsa, uning ikkinchi darajasidagi shahri Samarqanddir (hozirgi kunda bu mavqega Namangan da’vogarlik qilmoqda). Umuman, respublikamizda 18 ta “yuz minglik” marradan oshgan yirik shaharlar bor, unga Bekobod da’vogarlik qilmoqda (1-jadval). O‘rta shaharlarga Asaka, Bekobod, Beruniy, Guliston, Denov, Zarafshon, Kattaqo‘rg‘on, Kogon, Koson, Kosonsoy, Parkent, To‘rtko‘l, Urgut, Xiva, Xo‘jayli, Chimboy, Chortoq, Chust, Shahrixon,Yangiyo‘l (jami 20 ta) kiradi. Bulaming orasida faqat Guliston viloyat markazi, qolgan shahar va shaharchalar kichik, ya’ni I - III sinflarga mansubdir. Shu o‘rinda aytish lozimki, 2009-yil respublikamizdagi aholi soni ko‘p va kelgusida shahar maqomini olish imkoniyatlari katta bo‘lgan 965 ta qishloqlarga shaharcha maqomi berildi. Avval shaharchalar 114 ta bo‘lgan bo‘lsa, endilikda esa 1079 tani tashkil etdi. Bu esa, o‘z navbatida, ulami tasniflashda qiyinchilik tug‘diradi va real holatni ko‘rsatmaydi. Funksional tipologiya shaharlaming hududiy mehnat taqsimotida tutgan o‘mi, “yuzini” ko‘rsatib turadi. Shaharlaming qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan vazifasini aniqlash funksional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda mezon qilib shahar aholisining bandlik tarkibi olinadi, ya’ni qaysi sohada mehnat resurslari ko‘proq (mamlakat shahar joylari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalish mazkur shahaming funksional tipini ifodalab beradi. Odatda, shaharlar quyidagi funksional turlarga bolinadi: 1. Ko‘p funksiyali siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar. 2. Ko‘p funksiyali shaharlar - viloyat markazlari. 3. Ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari. 4. Kam tarmoqli (1-2) sanoat shaharlari. 5. Transport markazlari. 6. Agroindustrial shaharlar. 7. Tuman markazlari. 8. Rekreatsiya shaharlari. 9. Ilm-fan markazlari. Yuqoridagi funksional gumhlar shaharlaming katta-kichikligiga qarab ham turlanadi. Bu holda shaharlaming funksional klassifikatsiyasi vujudga keladi. O‘zbekistonda birinchi va ikkinchi guruh shaharlarga Toshkent, Nukus hamda barcha viloyat markazlari kiradi. Ular ayni paytda ko‘p tarmoqli sanoat markazlari, transport tuguni, ilm-fan markazlari ham hisoblanadi. Uchinchi tipga asosan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo‘qon kabi shaharlar mansub, to‘rtinchi guruhga Marg‘ilon, Ohangaron, Muborak, Gazli, Zarafshon, Taxiatosh, Asaka, Uchqo‘rg‘on, Quvasoyga o‘xshashlami kiritish mumkin. Kogon, Xovos, Qo‘ng‘irot - transport shaharlari, Chortoq - rekreatsiya, Ulug‘bek - fan markazlaridir. Respublikamizda juda ko‘p shaharlar agroindustrial yo‘nalishga ega, ya’ni ularda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari mavjud. Ulardan ham ko‘proq shaharlar qishloq, tumanlar markazi vazifasini bajaradi. Biroq, bunday shaharlar - «kichik poytaxtlar» ayni paytda agroindustrial xarakterga ham ega bo‘lishlari mumkin. Download 23.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling