Qozog’iston Swot tahlil


Download 1.94 Mb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1247194
  1   2   3
Bog'liq
Qozog’iston

Qozog’iston Swot tahlil

Topshirdi: Maxsudov M.Y.

Qabul qildi: Bo’tayev J.I.

Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqcha: Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan mamlakat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Astana shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Astana, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi.

Davlat tuzumi

Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari

Qozogʻiston agrar partiyasi1999-yil yanvarda tuzilganFuqarolik partiyasi1998-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Aq jol (Oq yoʻl) demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan; Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Qozogʻistonning demokratik tanlovi“ xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan; Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan;


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling