Janubiy mintaqa shaharlari
Download 39.53 Kb.
|
Janubiy mintaqa shaharlari
Janubiy mintaqa shaharlari Janubiy iqtisodiy rayon shaharlariga umumiy tavsif. Surxondaryo viloyati shaharlarining vujudga kelish tarixi, shart-sharoit va omillari. Termiz shahri: iqtisodiy, madaniy, ma‟muriy, geostrategik ahamiyati. Qashqadaryo viloyati shaharlarining klassifikatsiyasi Janubiy O’zbekiston shaharlar to’rining shakllanishida, gidrologik omillar, yangi yerlar va foydali qazilmalarni o’zlashtirish muhim o’rin tutadi. Mintaqa ichki hududiy mehnat taqsimotini tabiiy sharoiti (agroiqlimiy) va resurslari belgilab beradi. Binobarin, hududda joylashgan shaharlarning aksariyati tog’oldi va tekislik shaharlari hisoblanadi. Iqtisodiy rayon shahar manzilgohlarining 63.8 foizi (164 ta) va ulardagi aholining 64.9 foizi (1199 ming kishi) tekislik mintaqasiga to’g’ri kelgan (2011 y.)23. Iqtisodiy rayon urbanizatsiya darajasining respublika ko’rsatkichidan doimiy pastligi, tug’ilish ko’rsatkichining yuqoriligini hamon saqlab qolmoqda. Binobarin, mintaqa urbanizatsiyasining xarakterli xususiyatlardan biri-shaharlarda aholi soni o’sishi va tabiiy harakatning yuqoriligi bilan ifodalanadi. Janubiy mintaqada shaharlashuv darajasi muntazam ortib bormoqda; 2016 yilda respublikada o’rtacha urbanizatsiya darajasi 50.6 % bo’lgani holda, iqtisodiy rayonda bu ko’rsatkich 39.3 foizga (Qashqadaryoda 49.2 %, Surxondaryoda 35.7 %) teng bo’ldi. Hozirda mazkur hududda 31 ta shaharlar mavjud. Surxondaryo viloyatida 8 ta shahar va 7 ta shaharcha, Qashqadaryo viloyatida esa 12 ta shahar va 4 ta shaharcha joylashgan. Janubiy rayon iqtisodiyotida balans yoqilg’i zahiralar neft va tabiiy gaz, toshko’mir, shuningdek turli tuzlar, qurilish materiallari, oltingugurt va farmatsevtika xom-ashyolari (dorivor o’simliklar) muhim ahamiyatga ega. Hududning shifobaxsh buloq va chashmalari, tarixiy qadamjo va ziyoratgohlari istiqbolda shahar hosil qiluvchi tarmoqlar- rekreatsiya va turizmning rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Biroq tabiiy resurslar bilan ta‘minlanganlik va ularni kompleks qayta ishlash borasida hududiy tafovutlar mavjud. Xususan, Qashqadaryo viloyati nafaqat mintaqaning balki respublikaning asosiy yoqilg’i-energetika bazasi sifatida ustunlikka ega. Qo’shni Surxondaryo viloyati o’ziga xos yer usti tuzilishi, transport-geografik joylashuvi, tabiiy-iqtisodiy salohiyati, aholi joylashuv xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda investitsion faollik darajasiga ko’ra ancha farq qiladi. Mintaqa iqtisodiy va siyosiy geografik o’rnining biroz noqulayligi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘sir etadi. 2007 yil Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining bunyod etilishi har ikki viloyatni respublika yaxlit transport tizimi bilan bog’ladi; janubiy mintaqani yagona iqtisodiy makon sifatida rivojlanishini ta‘minladi. Shuningdek, temir yo’l ta‘sir zonasidagi tabiiy boyliklarning o’zlashtirilishi bilan bir paytda, yangi aholi manzilgohlari, ―o’sish qutb va markaz‖lari shakllanishi va pirovardida viloyat shaharlar to’rini kengayish, urbanizatsiya darajasini ko’tarish imkoniyatlari yuzaga keladi. Shuningdek rekreatsiya va turistik imkoniyatlari yuqori va qulay transport geografik o’ringa ega Jayronxona, Omonxona, Xo’jaipok, Xo’jaikon, Xonjiza, Darband, Sayrob shaharchalarining rivojlanishi tezlashadi. Jumladan, mazkur temir yo’lning foydalanishga topshirilishi natijasida Dehqonobod kaliy zavodi ham o’z faoliyatini boshladi. 2017 yilda Surxondaryoda xalqaro standartlarga javob beradigan 336 kilometrlik avtomobil yo’llarini barpo etish loyihasi amalga oshiriladi; har ikki viloyat markazini bog’laydigan «Qarshi-Termiz» avtomobil yo’lini rekonstruksiya qilinishi janubiy mintaqa iqtisodiyotini yanada mustaxkamroq birlashtiradi; «Qarshi-Termiz» temir yo’l tarmog’ini 2017 yilda elektrlashirilishi mintaqaning tranzit va tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiradi; natijada yuk tashish xarajatlari 20 foizga kamayib, yo’lovchi va yuk tashish tezligi 1.5 barobar oshishi kutiladi. Download 39.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling