Janubiy mintaqa shaharlari
Surxondaryo viloyati shaharlarining vujudga kelish tarixi, shart-sharoit va
Download 39.53 Kb.
|
Janubiy mintaqa shaharlari
130
Surxondaryo viloyati shaharlarining vujudga kelish tarixi, shart-sharoit va omillari Mamlakatimizning eng chekka janubida joylashgan Surxondaryo viloyati o’ziga xos tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografik o’ringa ega. Hudud uch xorij mamlakatlari (Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston) bilan chegaradosh. Respublika doirasida ham qo’shnilari oz; birgina Qashqadaryo viloyati bilan baland tog’lar orqali tutashgan. Surxondaryoning bunday o’ziga xos siyosiy geografik o’rni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Surxondaryo viloyatining Janubiy mintaqadagi o’rnini neft, tabiiy gaz, ko’mir (respublikadagi jami toshko’mirni), turli qurilish materiallari (ohak, granit, gips, shag’al), tabiiy mineral buloqlar, dorivor giyohlar, turizm va rekreatsiya resurslari belgilab beradi. Lekin vohada tabiiy resurslardan foydalanish ko’rsatkichlari ancha past. Bunga avvalo viloyatning geografik o’rni (mamlakatning eng janubida), orografik tuzilishi (asosiy foydali qazilmalar tog’li hududlarda) kabi tabiiy noqulayliklar bilan birga transport infratuzilmasining sust rivojlanganligi, siyosiy strategik nuqtai nazardan nomaqbul joylashishi ham ta‘sir etib kelgan. Hududning shaharlashuv darjasi sust; demografik rivojlanish, ya‘ni aholi tabiiy ko’payishi eng yuqori hududlardan sanaladi. Viloyatda, 2411.5 ming kishi yoki mamlakat aholisining 7,6 foizi istiqomat qiladi (2016 y.). Surxondaryo viloyati respublikada sanoat mahsulotlarining hajmi, tarkibi, ixtisoslashuv va mujassamlashuv jihatlariga ko’ra alohida ajralib turadi. Mintaqada sanoatlashuv va urbanizatsiya orasidagi bog’liqlik ancha past. Chunonchi, 2014 yil ma‘lumotiga ko’ra mintaqa respublika sanoat mahsulotining atigi 1.9 foizini yetkazib bergan (shaharlashuv darajasi-34 foiz). Ushbu holat shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning kam rivojlanganligi shuningdek, viloyat va respublika yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligi tarmoqlarining ulushi yuqori ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, viloyat iqtisodiyotining negizini qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Shu bois, ko’pgina shaharlar agroindustrial xarakterga ega. Ularda asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi oziq-ovqat, paxta tozalash,131to’qimachilik kabi engil sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda; hududda yirik ishlab chiqarish markazlari yoki qutblari, mukammal hududiy majmualar juda kam. Surxondaryoda 2016 yil ma‘lumotlariga ko’ra 8 ta shahar va 114 ta shaharchalar qayd etilgan. Viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar Termiz va Denov. Tumanga bo’ysunuvchi shaharlar esa 6 ta (Boysun, Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Sharg’un, Sherobod).Ularda 861,1 ming kishi yoki jami aholining 35,7 foizi yashaydi (taqqoslash uchun, 2008 yilda urbanizatsiya darajasi Surxondaryoda 19,1 % bo’lgan). Bu jihatdan u mamlakatimizda faqat Xorazm viloyatidan oldinda turadi, xolos. (respublika shahar aholisining atigi 5.3 foizi). Viloyat shahar manzilgohlarining hududiy tarkibiga e‘tibor bersak, eng ko’p shaharlar soni Denov va Qumqo’rg’on tumanlariga to’g’ri keladi. Mazkur tumanlarda viloyatdagi shaharlarning qariyb ¼ qismi joylashgan. 2009 yildagi urbanistik o’zgarishlardan so’ng mintaqa shaharchalari soni yana 107 taga ko’paydi (respublika yangi shaharchalarining 10,7 %). Bunday agroshaharchalarning eng ko’pi Oltinsoyda (14 ta), Denov va Angorda (11 tadan), Qumqo’rg’on va Muzrabotda (10 tadan) kuzatiladi (2-ilova). Ayni vaqtda ularning eng kam miqdori Bandixon tumaniga to’g’ri kelib, bu yerda birgina tuman markazi - Bandixon shaharcha maqomini olgan, xolos. Biroq, yirik qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomini berilishi, mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga unchalik ta‘sir ko’rsatmadi. Buning boisi, mazkur shaharchalarning kelgusi taraqqiyotida ko’proq aholi soni asos qilib olindi va ularning aksariyati shaharcha mezonlariga unchalik javob bermaydi. Shaharlarning ma‘lum hududda vujudga kelishida bevosita shu joyning geografik o’rni, tabiiy-iqlimiy sharoiti va albatta, iqtisodiy imkoniyatlariga (transport, foydali qazilmalar, aholi va mehnat resurslarining to’planishi, ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari va boshqalar) bog’liq. Mintaqa shaharlar to’ri va tarkibining shakllanishida muhim o’rinni tabiiy sharoit va resurslar, shuningdek transport kommunikatsiyalari egallaydi. Surxondaryo shahar aholi manzilgohlarining zichligi, hududiy urbanistik tarkibiga ko’ra boshqa mintaqalardan ancha132farq qiladi. Hudud aholi manzilgohlari joylashuvini markazdan shimoli-sharq tomonga yo’nalgan transport yo’llari (Termiz-Denov yo’nalishi) hamda daryo vodiylari (Surxondaryo, Sheroboddaryo) belgilab beradi. Mintaqa shaharlar to’rida yangi o’zlashtirilgan Surxon-Sherobod massivi yaqqol ko’zga tashlanadi. Dastlab Surxondaryo hududida bir necha asrlik tarixga ega Termiz, Chag’aniyon va Dalvarzintepa shaharlari shakllangan bo’lsa, keyinchalik (1916 y.) Kogon-Termiz, sobiq Ittifoq davrida Termiz-Dushanbe, Termiz-Qo’rg’ontepa-Yovon temir yo’llarining qurilishi natijasida (Denov, Jarqo’rg’on, Sho’rchi) ―yangi‖ sanoat shaharlari paydo bo’ldi. Resurs shaharlar Sharg’un, Boysun, Jarqo’rg’on, Sariosiyo, Kokaydi, Elbayon foydali qazilmalar negizida, Qumqo’rg’on, Sherobod, Sariq, Angor qo’riq yerlarni o’zlashtirish asosida bunyod etilgan. Mintaqa urbanizatsiyasi, demografik nuqtai nazardan qaraganda, asosan kichik va o’rta, qishloq tuman markazlari va agrosanoat korxonalariga ega bo’lgan shaharlar hisobiga rivojlanib bormoqda. O’zbekistonda o’tkazilgan aholi ro’yxati-1939 yil ma‘lumotlari bo’yicha, shahar aholisi 57.4 ming kishi bo’lgan holda, 1959 yilga kelib bu ko’rsatkich 132,3 ming kishiga teng bo’ldi yoki o’tgan 20 yil mobaynida shahar aholisi 2.3 barobar o’sdi. Yuqoridagi ma‘lumotlarning tahlilidan ko’rinib turibdiki, dastlabki yillarda viloyat shahar aholisi ancha sekin o’sib borgan. Sobiq Ittifoq davrida viloyat hududidagi turli ma‘dan konlari va yangi yerlarni o’zlashtirish, irrigatsiya shaxobchalarini barpo etilishi natijasida shaharlarning yangi tizimi vujudga keldi. Xususan, 1970-1979 yillarda esa viloyatda tuman markazlari, agroindustrial shaharlar paydo bo’la boshlagan (Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Sherobod. Sharg’un, Boysun, Sho’rchi va h.k.). 1970-79 yillardagi viloyat shahar aholisini o’sishiga tuman markazlarida ko’plab engil sanoat korxonalarning ishga tushirilishi ham sabab bo’lgan. Ayni paytda, aksariyat qishloq tumanlari ushbu vazifani bajaradi. Masalan, Jarqo’rg’on, Angor, Qiziriq, Muzrobod va Sherobod tumanlarining har birida paxta tozalash zavodlari mavjud. Chunonchi, paxta tozalash zavodlari Jarqo’rg’onda (1969), Surxonda (1970), Angorda (1971), 133Muzrabodda (1971), Sherobodda (1974) va Qiziriqda (1978) barpo etildi. Ana shu davrda mintaqa shahar aholisi 1.3 baravarga o’sgan. Ushbu holatni etmishinchi yillarda mamlakatimizdagi ayrim yirik qishloqlar va SHTPlarning shaharlarga aylantirilishi, ya‘ni soxta urbanizatsiya bilan izohlash mumkin. Mustaqillik yillarida (1992 y.) viloyat shaharlar geografiyasida katta o’zgarishlar yuz berdi. Hudud shaharlar to’ri birdaniga 5 ta (Angor, Do’stlik, Sariq, Hurriyat va Elbayon)ga kengaydi va bu mintaqada zamonaviy transport-stansiya, raz‘ezd hamda boshqa kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi va yangi yerlarni o’zlashtirilishi bilan izohlanadi. Ta‘kidlanganidek, mintaqa urbanistik tarkibi ham iqtisodiyotning tarmoqlar va hududiy tarkibiga mos holda rivojlangan. Termizda 137 ming aholi bor, ikkinchi shahar Denovda 81 mingdan ziyodroq. Tuman markazlari Sherobod, Boysun, Jarqo’rg’on, Sho’rchining har birida 20-30 ming kishidan aholi yashaydi. Qolgan yuzdan ortiq shahar joylar kichik va mayda sinflarga mansub (13-jadval). 13-jadval
Download 39.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling