Janubiy mintaqa shaharlari
Surxondaryo viloyati shahar manzilgohlarini 2006 va 2016 yillardagi tarkibi
Download 39.53 Kb.
|
Janubiy mintaqa shaharlari
Surxondaryo viloyati shahar manzilgohlarini 2006 va 2016 yillardagi tarkibi.
Zamonaviy shaharshunoslik va shaharlar geografiyasida funksional tiplarga ajratishda ishlab chiqarish va xizmatlarning ixtisoslashuvi, shuningdek, ularning mamlakat shaharlar tizimidagi roliga asosiy e‘tibor qaratiladi. Mintaqadagi mavjud shaharlarning aksariyati tuman markazlari yoki agroshaharcha funksiyasiga mos keladi. Yoqilg’ienergetika, qurilish materiallari, farmatsevtika, oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlari respublika mehnat taqsimotidagi o’rnini ifodalab beradi. Xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish hamda ko’rsatilgan xizmatlarda Surxon sanoat rayoni shaharlari- Denov, Jarqo’rg’on, Sho’rchi va Termiz shahri etakchilik qiladi. Masalan, mintaqaning ―ikkinchi‖ shahri Denov shahar aholisining 9,6 foizi, yalpi sanoat mahsulotining 13,1 foizi va iste‘mol mollarining esa 28 foizini o’zida jamlagan. Shaharda faoliyat yuritayotgan ―Denov vino-araq‖HJ, ―Denov yog’-ekstraksiya‖ OAJ, sut, konserva, momiq-paxta fabrikasi, paxta tozalash korxonalarining ulushi yuqori. Sho’rchi shahri sanoat mahsuloti va xalq iste‘mol tovarlarini aholining hududiy mujassamlashuv darajasiga qaraganda ancha ko’p ishlab chiqaradi.Ushbu ko’rsatkichlarning asosiy qismi shaharda joylashgan ―Sho’rchi don mahsulotlari‖ OTAJ hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu ikki shahar asosan engil sanoat tarmog’iga ixtisoslashgan, buni ularning iste‘mol tovarlaridagi hissasidan ham ko’rish mumkin (Qurbonov P, 2012). Ayni paytda mintaqaning sanoat salohiyati kuchsiz, uning diversifikatsiyasi tor ko’lamga ega ekanligini qayd etish kerak. Bundan tashqari sanoat asosiy shahar hosil qiluvchi omil sanalgan Jarqo’rg’onda ―Jarqo’rg’onneft‖ korxonasi, Boysun va Sharg’unda yoqilg’i sanoati, Lalmikorda neft sanoati va To’palang GESni keltirish mumkin. Istiqbolda Toshg’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on temir yo’li ta‘sir zonasida joylashgan qulay geografik o’ringa ega qishloq aholi punktlari hamda yangi shaharchalarning o’sish qutb va markazlari sifatida shakllanish imkoniyatlari katta. Transport infratuzilmasining shahar hosil qilish xususiyati Boysun, Qumqo’rg’on va Sherobod tumanlari shaharlar to’rining kengayishiga olib keladi. Shuningdek, viloyatdagi turistik rekreatsiya ahamiyati135 yoki qulay transport geografik o’rniga ega bo’lgan qishloqlar Jayronxona, Omonxona, Xo’jaipok, Xo’jaikon, Xonjiza, Darband, Sayrob kelajakdagi taraqqiyotini hisobga olib, ularni shahar manzilgohlari qatoriga kiritilishi kutiladi. Download 39.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling