Mavzu: amudaryo va surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi


Download 1 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1600486
Bog'liq
Amudaryo


MAVZU: AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI
REJA:
1. Termiz V–VII asrlarda. Shahar joylashgan o’rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari.
2. Termiz arablar istilosi davrida. Chag’oniyon (Sag’oniyon-Budrach). Somoniy­lar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma’lumotlari.
3. Termiz G’aznaviylar, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davrida. Shahar tuzilishi va uning mavzelari, zamonaviy yirik shaharga aylanishi. Termiz mo’g’ullar istilosidan so’ng, shahar hududining o’zgarishi.
Ahamoniylar davriga kelib Baqtriya shaharsozligida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lgan edi. Temir qurollarining yoyildashi, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilikning takomillashuvi, manzilgohlar sonining ortishi, ularni maydonining kengayishi, yangi belgilar qo’shilgan holda tuzilishining murakkablashuvi aynan mana shu davrga xosdir. Baqtrada juda balandlikda qal’a qurilib, shaharni pastda qalin devor o’rab turgan. Shuningdek qal’a, akropolda ham mavjud edi. Mil.avv. I ming yillik o’rtalari
Baqtriyada 4 qismli ko’rinishdan iborat turli
tipdagi shaharlar mavjud edi. Ushbu tuzilish
qal’a, shaharning o’zi, shaharoldi hududi
qishloqlari va alohida qo’rg’onlardan iborat
shahar atrofi qismlari edi. Baqtriya shaharlari
mahalliy an’analar asosida shakllangan
bo’lib, ushbu jarayonning ildizlari
bevosita bronza davri bilan bog’lanadi
Termiz shahri haqidagi manbalarda Aleksandr Makedonskiygacha shahar hududi atroflarida odamlar yashaganligi, Makedonskiy o’limidan so’ng esa ko’chmanchi qabilalar tomonidan shahar vayron etilganligi, salavkiylar shohi miloddan avvalgi III asrda hukmronlik qilgan Antiox I shaharni qayta tiklagani va unga o’zining nomini bergani hamda u “Oks bo’yidagi Antioxiya” deb atala boshlagani qayd etilgan. Xaritada ushbu shahar Antioxiya-Tarmita deb nomlangan.
Mil.avv. 140–130 yillarda Baqtriya hududiga yuechji ko’chmanchi qabilalar bostirib kirib, bu yerda Kushon davlatiga asos soldi. Kushonlar davrida dehqonchilikning rivojlanishi tufayli keng hududlar o’troq aholi tomonidan o’zlashtirildi. Ma’lumotlarga ko’ra, birgina Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da 120 dan ziyod kushonlar davriga oid shahar va qishloqlar aniqlangan.
Mazkur davrda Termiz shahrining maydoni 350 gektardan iborat bo’lib, Dunyotepa va Chingiztepa xarobalari o’rnida joylashgan. Chingiztepa va Qoratepa oralig’ida Amudaryoga qurilgan chig’iriqlar yordamida shahar markaziga ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni bo’ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho Kanishka Qoratepa yodgorligi o’rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda qishloq jamoalari ancha kengayadi. Ushbu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo’lib, bulardan biri: Amudaryo bo’yidag’i Tarmita (Termiz) bo’lsa, ikkinchisi Chag’onrud (Surxondaryo) bo’yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Mazkur shaharlar Kushonlar imperiyasining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o’ringa ega bo’lgan. Bundan tashqari, Kampirtepa, Zartepa va Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo’lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi
Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi Termiz V-VII asrlarda. SHahar joylashgan o‘rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari. Termiz arablar istilosi davrida. CHag‘oniyon (Sag‘oniyon-Budrach). Somoniylar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma’lumotlari. Termiz G‘aznaviylar, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davrida. SHahar tuzilishi va uning mavzelari, zamonaviy yirik shaharga aylanishi. Termiz mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng, shahar hududining o‘zgarishi. Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri, uning vazifasi va qurilishi tarixi.
Termiz so‘nggi o‘rta asrlar davrida Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi Su-se – Kesh – Kitob ilk o‘rta asrlar poytaxti. Kesh tarixiy xujjatlarda. IX-XII asrlardagi Kesh haqida arxeologik ma’lumotlar. O‘rta asrlarda SHaxrisabz. Qashqadaryo daryosining yuqori va o‘rta oqimlaridagi o‘rta asr shaharlari, tarixiy va arxeologik ma’lumotlar. Qamaytepa, Oltintapa (Novqad-Quraysh), Kishmishtepa. Amir Temur va temuriylar davrida SHaxrisabzning gullab-yashnashi. Rejalashtirish, asosiy me’moriy yodgorliklar.4Naxshab ilk o‘rta asrlarda. Erqo‘rg‘on shahri. Rejalashtirish, so‘nggi arxeologik tadqiqotlar. O‘rta Asrlardagi Nasaf (SHulluktepa), Kasba (Kasbi), Bezda (Ko‘hna Fazli), Gubdin (Tallisart), Qarshi. SHaharning vujudga kelishi va rivojlanishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar. Rejalashtirish, o‘rta asrlardagi Qarshining asosiy me’moriy yodgorliklari.
Samarqand. O‘rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi O‘rta asrlardagi Samarqand topografiyasi haqida (V.V. Bartold, A.I.Vyatkin, A.I. Masson va boshqalar). Xitoy va arab geograflari Samarqand haqida. Ark, shahriston, rabotlar rivojining o‘sish bosqichlari. Hunarmandchilik dahalari. Mudofaa tizimi, saroy va ibodatxonalar, turar- joylar qurilishi. Panjikent-arxeologik reja asosida eng ko‘p o‘rganilgan O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr shahri. Rejalashtirish, mudofaa tizimi, turar-joylar, hunarmandchilik, savdo inshootlari, saroy, ibodatxonalar qurilishi, obodonchilik. Miyonqal’a shahri.
Arxeologik tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Yunon-Baqtriya podsholigi davrida Kampirtepa nafaqat shahar, balki harbiy garnizon vazifasini ham bajargan. Kushon podsholigi davrida esa shaharning shahriston qismida turar-joylarni qurish qizg’in jonlanadi, galereya va ko’chalarga ajratiladi. Qazishmalar davomida moddiy va badiiy madaniyat buyumlari va tangalarning boy kolleksiyasi, shuningdek, yunon, baqtr, braxma va noma’lum xat namunalari topilgan. Ular orasida papirusga yozilgan qadimgi baqtr qo’lyozmalari Markaziy Osiyoda topilgan yozuvlar ichida eng qadimgi qo’lyozma ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, shaharchadan noyob san’at buyumlari, xususan, terrakotik haykalchalar, arxitektura bezaklari, fil suyagidan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metalllardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, kushon hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalar va boshqa ashyolar topilgan. Ushbu topilmalar Kampirtepa yodgorligida Kushon podsholigi davrida hunarmandchilik va savdo taraqqiy etganini bildiradi.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling