Farg’ona Yettisuv va Janubiy Qozog’iston o’rta asr shaharlari urbanizatsiyasi
Download 49.5 Kb.
|
Farg’ona Yettisuv va Janubiy Qozog’iston o’rta asr shaharlari urbanizatsiyasi
Farg’ona Yettisuv va Janubiy Qozog’iston o’rta asr shaharlari urbanizatsiyasi Mintaqa shahar madaniyat vujudga kelish jarayonida Buyuk Ipak yo’li savdosining ta’sin Xitoy va arab manbalarida. Farg’ona shaharlari O’rta asrlar davri shaharlari Axsakat, Quva(Kubo), O’sh, O’zgan, Xo’jand, Qo’qon rejalashtirish, asosiy qurulishlari. Andijon XIV-XVI asrlarda Yettisuvda Sug’d mustamlakachiligi. Qizildaryo , Oq-Beshik (Bolosog’un) XI-XII asrlarda. Yettisuv shaharlarining ravnaqi Yangikent, Isfijob, Sig’noq,O’tror, Taroz, vodiysi shaharlari arab manbalarida sharlar rivojlanishida o’lka zonalarining o’rni. Археологик ва ёзма манбаларга кўра, Марказий Осиёнинг илк ўрта асрлар жамияти тизимларида чуқур ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ва маданий туб ўзгаришлар кузатилади. Ушбу жараён дастлаб антик давр ниҳоясида кушонлар салтанати, Даван (Давань) ва Қанғ-Кангуй (хитойчада Кандзюй) каби конфедератив давлатлари таназзули, кидаритлар (кидарийлар), хионитлар (хионийлар), эфталитлар (зфталийлар), сўнгра арабларни Сирдарё ва Амударё оралиғидаги деҳқончилик худудларига бостириб кириши вақти билан бир даврда рўй беради. Албатта, буларнинг барчаси Ўрта Осиё халқлари тарихида айниқса, моддий маданиятда ўз изларини қолдирган. Кейинги йилларда Фарғона водийси ва Чоч (Тошкент воҳаси) илк ўрта асрлар даври тарихи тўғрисида муҳим археологик ва ёзма манбалар тўпланди. Бу манбалар Фарғона ва Чочнинг илк ўрта асрлардаги ижтимоий-иқтисодий ҳолати тўғрисида баъзи бир хулосаларни чиқаришга имкон беради. V-VI асрлардаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Маълумки, V аср бошларида Ўрта Осиёнинг сиёсий харитасидаги йирик давлатлар таназзулга юз тутиб емириладилар. Манбалардаги 435 йилдан кейинги маълумотларда Кушон империяси, Кангуй, Даван каби конфедератив давлатлар номи учрамайди, улар тарих саҳнидан кетадилар. Бунгача Даван ва Кангуй атамалари ёзма манбаларда охирги марта учрайди. Жумладан, Хитойнинг Илк Цинь (351-394) подшолигининг Илк Лян ери ҳукмдори Фу Цзянь биографиясида ёзилишича, уни ҳузурига 379 йили Даван ва Кангуйдан элчилар келадилар . Ана шу йирик давлат бирлашмалари ўрнида кўплаб майда ер эгаликлари (мулклар) пайдо бўлади (аниқроғи «давлатча»лар – Б.М.). Таъкид жоизки, худудий жиҳатдан водийга яқин бўлган Шарқий Туркистонда (Шинжон) ҳам майда ва мустақил давлатчалар тизими бўлган . Ўрганилаётган даврда Ўрта Осиёда ер эгаликлари («давлатчалар») сони 15 та эди, кейинроқ улар кўпайган . Бу мулклар асосан майда воҳаларда таркиб топган шаҳарчалар асосида пайдо бўлиб, уларга атрофдаги ерлар ҳам қарар эди. Ана шундай ер эгалигида ўзини маҳаллий ишлаб чиқариш (иқтисодий) маркази вужудга келди ва охир-оқибатда у шаҳар тусига кириб боради Сиёсий жиҳатдан V-VI асрлар Фарғона тарихида нотинч давр эди. Ёзма манбалардаги машҳур Даван давлати тарих саҳнасидан кетади. Хусусан, хитойча Бейши номли манбани 97-боб биринчи қисмида, 436 йилда бўлиб ўтган воқеа-ҳодисаларни баёни берилганда, Даван давлати тилга олинмаган. Бундан бир оз сўнг – 510 йили Ўрта Осиёда (эҳтимол Фарғонада ҳам) эфталитлар давлати пайдо бўлади. Балки эфталитларни Ўрта Осиё ҳудудларига бостириб кириши юқорида тилга олинган йирик давлатлар емирилишини тезлаштирган бўлиши мумкин. Бу вақтдаги нотинчлик тўғрисида ўша Хитой манбалари хабар берадилар. «Юань-вэй (386-550/557) ва Цзинь (265-480) сулоласи ҳукмронлиги даврида Fарбий ўлкалар бир-бирлари комига тушдилар. Уларда кечаётган воқеаларни тушуниб бўлмайди» . Ўша бир-бирларини ютиб юбораётган ўлкалар (мулклар) ҳақида ёзма манбаларда маълумотлар кам учрайди. Манбаларда қуйидаги ўлкалар қайд этилган: Чжеше (олдинги Қанғли), Шарқий Цао (Уструшона), Сиваньцзинь (Самарқанд), Fарбий Цао (Иштихон), Нюми (Бухоро воҳаси) Цзяшени – Кушания (Кеш), Ноше-боло (Нахшаб) ва бошқалар. Қўшимча қилиб айтамизки, қўшни Чочда бешта , Суғдда (Кан) бир неча (9 та) ер эгалиги бўлиб, уларда Чжао’у (Жабғу) уруғи авлодлари ҳокимлик қилишган. Номлари зикр этилган манбаларда Фарғона «Лона», «Полона» номи билан тилга олинади (Бейши, биринчи бўлим). Хитойнинг Шимолий Вэй давридаги (384-534) «Вэйшу»да таъкид этилишича, 436 йили элчи Дунь Вань «Полона»-олдинги Давань давлатигача борган . Демак, бундан маълум бўляптики, Полона-бу алоҳида давлат ва у олдинги Даван (Фарғона) ерларида жойлашган. V-VI асрларда Фарғонадаги сиёсий вазият ҳақида ёзма манбаларда маълумот кам. Фақат шу давр воқеаларига бағишланган манбада бир хабар бор. «Лона – бу қадимги Даван, қароргоҳ – Гуйшань, Қашғар шимоли-ғарбида, Дайдан 14450 ли. да жойлашган. Тхайхо ҳукмронлигини учинчи ёзида, 479 йилда ҳоким чопар билан қирмизи ранг зотдор отлар (улар «қон билан терлайдиган» (потокровные) дейилади) жўнатди, шу вақтдан эътиборан, совға-салом билан элчилар юбориб турилди» Shaharning paydo boʻlishi va nomining kelib chiqishi haqida turli xil afsona va rivoyatlar mavjud. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“, „adoq“ („azoq“) kabi urugʻ atamalari bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan. Bir vaqtlar bu yerda andilar (hindlar) yashagan va shaharning nomi „Andukon“ deb atalgan, degan rivoyat ham bor. Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 7 — 8- asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda 10-asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. 11 — asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. 11—12 — asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, 13- asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. 14- asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. 15 — asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan. Xususan, Bobur oʻzining mashhur „Boburnoma“ asarida Andijonni shunday taʼriflaydi: „Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“…. 1504 yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876 yil gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan[1]. Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan. 19- asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshladi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keldi. 1898 yil Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon — Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostirildi, koʻplab begunoh odamlar oʻldirildi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etildi. Andijon kuchli seysmik zonada joylashgan. 1902-yil 16-dekabrda 9 balli zilzila boʻlib, mahalliy aholi uylari butunlay vayron boʻldi 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashdi. Oʻzgan (qirgʻizcha: Өзгөн) — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanidagi shahar, tuman markazi. Qoradaryo sohilida. Oʻsh shahridan 68 km. Oʻzgan orqali Oʻsh — Bishkek, Oʻsh — Qoragʻulja avtomobil yoʻllar oʻtgan. Aholisi 41,5 ming kishi (1999). Oʻzganning qadimiy qatlamlari miloddan avvalgi 2—1 a. larga oid. Qadimgi Oʻzganning arki va 3 shahristoni boʻlgan. 3shahristonda 16asr gacha aholi yashagan. Oʻ. rabodlari 3shahristonning shim.sharqida joylashgan. A.N.Bernshtam boshchiligida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar (1945—50) natijasida kushanlar davridan temuriylar davrigacha yaratilgan moddiy yodgorliklar (sopol buyumlar, tangalar, qar xil metall asboblar va boshqalar) topilgan. qadimiy Oʻzgan katta siyosiy va maʼmuriy mavqeni egallagan. Meʼmorlik rivojlangan. Oʻzganda quruq sut, mineral suvlar, pivo zdlari, non k-ti ishlab turibdi, gilamlar ishlab chiqariladi. Madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan minora (11-asr) va 3 gumbazli maqbara (11 — 12 a.lar) saklangan. Oʻsh — Qirgʻiziston janubida joylashgan, poytaxt Bishkekdan keyin „janubiy poytaxt“ maqomiga ega yirik shahar, viloyat markazidir. Oʻsh shahri 3000 yillik tarixga ega. Oʻsh chiroyli va juda tarixi buyuk shahardir. Shaharning oʻrtasidan Oqbura daryosi oʻtadi. Shuningdek, shahar markazida Sulaymon togʻi joylashgan. Togʻ choʻqqisida Zahiriddin Muhammad Bobur qurdirgan hujra bor. Ayni paytda shahar aholisi rasman 255 800 kishini tashkil qiladi. Oʻsh shahri 1939-yildan beri Oʻsh viloyatining markazi boʻlib kelyapti. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek, tojik, rus va boshqa bir qancha millat vaikkillari istiqomat qiladi. Oʻsh voqeasi — 1990-yil Qirgʻizistonning janubida qirgʻizlar va oʻzbeklar orasida boʻlib oʻtgan milliy nizo. Oʻsh shahrida 1990-yil iyun oyida asosan oʻzbeklar yashagan kolxozning qirgʻiz millati vakillariga boʻlib berilishi natijasida chiqqan nizo qonli toʻqnashuvlarga aylanib ketgan. Shahar atrofida joylashgan qishloqlardan qirgʻiz millatiga mansub kishilar kelgunicha oʻzbeklarning qoʻli baland kelgan. Shaharda favqulodda vaziyat va komendant soati eʼlon qilingan va Oʻzbekiston SSR bilan Qirʻgiziston SSR oʻrtasidagi chegara yopilgan. Sovet hukumati voqea yuz bergan joyga 2000 sovet harbiylarini kirgizadi. Avgust oyigacha vaziyat tinchimaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra Oʻsh qirgʻinida 300 dan oshiq[1][2] yoki 600 dan ziyod[3] kishi halok boʻlgan. Norasmiy manbalarga koʻra 1000 dan oshiq kishi halok boʻlgan Farg‘ona vodiysining janubiy sharqda respublikamizning yana bir qadimiy shahri bor. Bu Andijon. Uni haqli ravishda qadimiy deb hisoblash mumkin, chunki arxeologlar 2500 yil oldin shaharda odamlar yashaganligini aniqlagan. Miloddan oldingi VI asrda Axomaniylar Markaziy Osiyoni zabt etganda, Andijon o‘z mustaqilligini saqlab qoldi va bu Dovon davlatining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘tish davrida odamlar bronza asboblarini o‘tmishda qoldirib, temirga o‘tishganida, Dovon Xitoy imperiyasi tomonidan hujumga uchradi. Ushbu hujumning sababi imperator U-dining otlarning eng qadimgi va juda qimmatli zotlaridan biri bo‘lgan arg‘umoqlarni qo‘lga olish istagi edi. Ammo Xitoy bu jangda va keyingilarida ham, mag‘lubiyatga uchradi. IX asrda shahar Somoniylar davlati tarkibiga kirdi va Farg‘ona vodiysining asosiy shaharlaridan biriga aylandi. O‘sha vaqtda u Andukan deb nomlangan edi. Keyinchalik XIV asrda Amir Temur davrida shahar ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyotning rivojlanish cho‘qqisiga chiqadi. Mashhur shoir va sarkarda, 11 yoshida Andijon hukmdori bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham Andijon viloyatining Axsikent shahrida tug‘ilgan. U Temuriylar sulolasining vakili bo‘lib, Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasiga asos solgan. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi Shoh Jaxon dunyo moʻjizalaridan biri bo‘lgan Toj Mahalni qurgan! Bugungi kunda Andijon sanoat va mashinasozlik markazi hisoblanadi. Shaharda avtomobil zavodi va ko‘plab yirik sanoat korxonalari mavjud. Isfijob — oʻrta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozogʻiston)da joylashgan. Koʻpgina tadqiqotchilar uni Chimkentdan 12 km sharqda, Sayram st-yasining oʻrnida boʻlgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon vujudga kelgani nomaʼlum. Sharq geograflarining maʼlumotlariga qaraganda, maydoni Binkatssh 3 marta kichik boʻlib, I.ning arki 10-asrdayoq vayrona holatda boʻlgan; faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uz. 1 farsax (6–7 km)ni tashkil qilgan. Shaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron va Buxoro boʻlgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome masjidi va bozorlar joylashgan. 840 y.da I. viloyati somoniylarpyan Nuh ibn Asad qoʻl ostiga oʻtgan. Viloyatni koʻchmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad I. atro-fini devor bilan oʻrattirgan. I. Buyuk ipak yoʻli ustida boʻlib, bu yerda boʻz, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qoʻrgʻon (rabot)i boʻlgan. 10-asr oxirlarida qoraxoniylarga, 13-asr boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219 y.dan moʻgʻullarga boʻysungan; shaharning yangi nomi — Sayram dastlab shu davrdan (1221 y.) tilga olinadi. SIGʻNOQ, subo — mil. 2—5-a. lardagi xitoy manbalarida tele deb nomlangan 44 ta turk kabilasidan biriningnomi. Turk xoqonligi tashkil topguncha chibni, boʻrji, aziy, oʻgʻuz, kirgiz, irtish, unigʻur kabi qabilalar bilan birga Tangritogʻ (Tyanshan) etaklaridagi yaylovlarda yashagan. Turk xoqonligi tashkil topgach, uning fuqaroligiga oʻtib turk deb atala boshlagan. Taraz — (qozoqcha: Тараз) (1936-yilgacha Avliyoota, 1936—1938 yillarda Mirzoyan, 1938-yilda Jambul, 1998-yildan Taraz) — Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimgi shahar, viloyatning maʼmuriy markazi. Olmaotadan 545 km gʻarbda, Talas daryosini yoqasida joylashgan. Aholisi 352 ming kishiga yaqin (2013). Shahar aeroporti, temir yoʻl va avtovokzallar ishlab turibdi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Taraz taxminan 5-asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyalik elchi Zemarx tomonidan 568-yilda qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taraz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (8—18-asrlar). Qadimda Taraz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qalʼa, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. 7-asrda Taraz muhim savdo markazi. 751-yil Taraz yaqinida Talas jangi boʻlib oʻtgan. 9-asr oxiridan Somoniylar, 10-asr oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. 12-asr oxiridan boshlab Qoraxitoylar va Moʻgʻullar istilosidan ancha shikastlangan Taraz tanazzulga uchray boshlagan. 16-asr boshida shaharda gʻayot barham topgan. Tarazda oʻtkazilgan qazishmalar chogʻida zardushtiylarning ossuariylarda koʻmilgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11 — 12-asrlarga oid hammom, korizlar (suv oʻtkazgich) topilgan. 19-asrda Avliyoota qalʼasi qurilgan. 1864-yilda Tarazni Rossiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920-yildan Qozogʻiston tarkibida. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling