Paxtachilik klasterining rivojlanishi
Download 45.15 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klaster siyosati
Paxtachilik klasterining rivojlanishi Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan joylarda bosqichma-bosqich zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari parkini yaratish, sohani mexanizatsiya darajasini oshirish, yetishtirilgan hosilni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetishtirishda band bo‘lgan aholini sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga o‘tkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligida ish samaradorligini oshirish maqsadida texnikalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash bo‘yicha jami qiymati 1 trillion 900 milliard so‘mlik 16 mingdan ziyod, shundan 2019 yilning o‘zida 1 trillion 200 milliard so‘mlik 14 mingga yaqin qishloq xo‘jalik texnikalari xarid qilindi. Suv resurlaridan oqilona foydalanish, paxtachilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qarori ijrosi yuzasidan 13 ta paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 2753 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etildi. Natijada sug‘orish uchun suv sarfi 40-50 foizga, yonilg‘i-moylash mahsulotlari 30-35 foizga kamayib, mehnat unumdorligini 20-25 foizga oshirishga erishildi. Klasterlar tomonidan mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi natijasida fermer xo‘jaliklariga talab qilinadigan me’yordagi o‘g‘itlar bilan ta’minlanishiga imkoniyat yaratildi. Jumladan, joriy yilda g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda sof holda azotli o‘g‘itlar 275 ming 85 tonna, fosforli o‘g‘itlar 85 ming 45 tonna va kaliyli o‘g‘itlar 33 ming 19 tonnaga ta’minlandi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 110 ming 259 tonna azotli, 26 ming 446 tonna fosforli va 13 ming 468 tonna kaliyli o‘g‘itlar “O‘zagrokimyohimoya” AJ korxonalaridan xarid qilindi va 7 ming 261 tonna azotli, 13 ming 340 tonna fosforli va 2 ming 52 tonna kaliyli o‘g‘itlar chetdan olib kelindi. Yuqorida ta’kidlanganidek, natijadan ko‘ngil to‘ladi. Bugungi kunga qadar paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2 million 36 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi, yilning o‘tgan 10 oyi davomida qiymati 2,3 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 13,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2020 yildan boshlab respublikamizda paxta xom ashyosi yetishtirish to‘liq klaster tizimida amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2020-2021 yillarda jami 4,8 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Klasterlarning o‘zlariga 125 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan bo‘lsa, 552 ming gektarda 16 mingta fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomalari asosida sanoat xom ashyosi yetishtirildi. Buning uchun klasterlarga qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 4 trillion 114 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, klasterlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 2,1 trillion so‘m yo‘naltirilib, paxta xom ashyosi yetishtirishga jami 6,2 trillion so‘m mablag‘ sarflandi. Shu kunlarda, xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, mamlakatimiz poytaxtida esa elektronika va mebel bo‘yicha sanoat klasterlarini tashkil etish masalalari o‘rganilyapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri "O‘zeltexsanoat" uyushmasi ma’lumotiga asoslanib. Ushbu hududiy klasterlar davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 12 avgust kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Prezidentimizning 18 avgustdagi "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida ham Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat klasterlarini tashkil etish dasturini kiritish vazifasi topshirilgan edi. Bu borada "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan "Elektrotexnika sanoati klasteri" konsepsiyasi ustida izchil ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. Klaster siyosati ― klaster tarkibiga kiruvchi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning shakllanishini ragʻbatlantiruvchi institutlarni rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan klasterlar va klaster tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat va jamoat chora-tadbirlari va mexanizmlari majmuidir. Mamlakat yoki mintaqaning klaster siyosati uni amalga oshirishning taʼsiri va xatarlari nuqtai nazaridan optimallashtirilgan klaster tashabbuslari portfelini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar sifatida taqdim etilishi mumkin. Davlat klaster siyosati, mintaqaviy klaster siyosati va tarmoq klaster siyosatiga boʻlinadi Klaster siyosati odatda muayyan korxonalar yoki tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, anʼanaviy „sanoat siyosati“ning muqobili sifatida qaraladi. Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasining klaster siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu masalada ijro etuvchi hokimiyat organlarini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini shakllantirish uchun javobgardir. Mintaqaviy darajada klaster siyosati Rossiya Federatsiyasining federal okruglari va sub’ektlarining strategiyasi doirasida shakllantiriladi va mintaqaviy ijro etuvchi hokimiyat organlari va klasterni rivojlantirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqlarda klaster siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar (Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Rossiya sanoat vazirligi va boshqalar) mas’uldir. 2010-yildan beri Rossiyada klasterni rivojlantirish markazlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari amalga oshirilmoqda. 2012-yilda Rossiya hukumati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan innovatsion hududiy klasterlar roʻyxatini tuzdi. Klaster yondashuvi davlat dasturlarini, federal okruglarning strategiyalarini, Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining strategiyalarini shakllantirishda qoʻllaniladi. Download 45.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling