Yolg`iz “bo`ri”
Xabaringiz bor ayni kunlarda maktabimizda TemBR chempionati 2023 bo`lib o`tmoqda. Chempionat bahona ko`p yoshlarni kashf qilib bormoqdamiz. Aniqrog`i, yangi yulduzlar porlamoqda
Bugun sizlarga iroda va qatiyatlikni o`zida mujassamlashtirgan yosh yigitcha va uning “qo`rqoq” jamoadoshlari haqida gapirib beraman.
D guruhi doirasidagi Uchqur to`rtlik va Pragmatik o`quvchilar o`rtasidagi bahsda Pragmatik o`quvchilar jamoasidan faqatgina birgina 2-raqamli ishtirokchi Bektosh keldi. Kelganda ham chaqmoqdek keldi. Ismi jismiga mos deb shuni aytsa kerakda.
Avvaliga ko`pchilik bu holni ko`rib, miyig`ida kulib qo`yishdi, go`yo ularning nazarida Pragmatik o`quvchilar jamoasi 1-turda ochkolarsiz qoladigandek tuyildi. Biroq Bektosh bu nazariyani chippakka chiqardi. Raqibidan muhim ochkoni olishi bilan birgalikda, mardligi va dovyurakligini ko`pchilikka ko`rsatib qo`ydi, go`yo yolg`iz bo`ridek kurashib, o`lja bilan qaydi.
Men nima ham derdim jasoratning katta-kichigi bo`lmaydi, Bektoshdek o`g`lonlar maktabimizning faxri. Barchamiz undan umidsizlikka tushmaslikni va o`z kuchiga ishonishni o`rgasak bo`lardi, menimcha.
Qani kuzatishda davom etamiz. Pragmatik o`quvchilar jamoasining qolgan ishtirokchilari endi bahslarda qatnashar ekanmi, yo yana Bektoshning ortiga bekinishadimi?! Barchasini vaqt ko`rsatadi.
So`nggi so`z. Bektosh, bo`sh kelma o`g`lon. Ko`kra-gingda mudrab yotgan qalbni uyg`ot. O`yin boshlandi…
Muallif: Temurmalik Azamat o`g`li
Do'stlaringiz bilan baham: |