Mavzu: Reja: - 1. Qo‘shaloq yulduzlar.
- 2. Yulduzlarning massalarini hisoblash.
- 3. Vizual qo‘shaloq yulduzlar.
Qo’sholoq yulduzlar - Osmonda yulduzlar bir-biriga yaqin yoki ustma-ust ko‘rinish mumkin bularni biz qo‘shaloq yulduzlar deb ataymiz. Ular 2 turga bo‘linadi. 1. Optik qo‘shaloq yulduzlar. 2. Fizik qo‘shaloq yulduzlar (181-rasm).
Optik qo‘shaloq yulduzlar Aslida bir-biridan uzoq bo‘lib bizga qo‘shaloq bo‘lib ko‘ringan yulduzlar optik qo‘shaloq yulduzlar deyiladi. Keyin rasm namoyish qilinadi (182-rasm). Fizik qo‘shaloq yulduzlar - Fizik qo‘shaloq yulduzlar Ikki yulduz fazoda o‘zaro tortish kuchi ta'sirida massa markazi atrofida harakatda bo‘lsalar, bunday o‘zaro dinamik bog‘langan sistemaga fizik qo‘shaloq yulduzlar deyiladi. Keyin rasm namoyish qilinadi (183-rasm). Fizik qo‘shaloq yulduzlar ikkita asosiy va yo‘ldosh yulduzdan tashkil topgan. Bunday sistemalarda asosiy yulduz atrofida planeta emas yo‘ldosh yulduz aylanadi, yoki ikkalasi ham umumiy markaz atrofida aylanadi (184-rasm). Bunday yulduzga misol qilib Perseyning bettasini ya’ni Algulni (“algul” arab tilidan olingan bo‘lib devning ko‘zi ma’nosini bildiradi) keltirish mumkin (185- rasm).
Vizual qo‘shaloq yulduzlar. - Vizual qo‘shaloq yulduzlar. Agar fizik qo‘shaloq yulduzlarning tashkil etuvchilari quvvatli teleskop bilan qaralganda, bir-biridan bevosita ajratib ko‘rish mumkin bo‘lgan yoy masofada joylashgan bo‘lsa, ular vizual qo‘shaloq yulduzlar deyiladi. O‘zaro juda zich va juda kichik yoy masofada joylashgan qo‘shaloq yulduzlarni bevosita ajratib ko‘rishning hech iloji yo‘q bo‘lib, ularning qo‘shaloqligi fotometrik yoki spektral usul yordamida aniqlanadi. Shunga ko‘ra ular, mos ravishda, tutiluvchi va spektral qo‘shaloqlar deb yuritiladi.
Tutiluvchi qo‘shaloq yulduzlar - Tutiluvchi qo‘shaloq yulduzlar Tutiluvchi qo‘shaloq yulduzlarning tipik vakili qadimda arablar aniqlagan va Algul («Devning ko‘zi» ma’nosini beradi) deb atalgan Persey yulduz turkumining β yulduzidir. Bu qo‘shaloq yulduzlarning orbita tekisliklari qarash chizig‘i bo‘ylab yotganidan, umumiy massa markazi atrofida aylanayotganda, ular bir-birini to‘sib o‘tadi va natijada bu hol yulduz ravshanligini davriy ravishda (~3 sutkalik) o‘zgartirib, uning, qo‘shaloqligidan darak beradi.
Spektral qo‘shaloq yulduzlar - Spektral qo‘shaloq yulduzlar Spektral qo‘shaloq yulduzlarning qo‘shaloqligi ularning ustma-ust tushgan spektrlaridagi umumiy chiziqlarining (har ikkala yulduz spektrida ham mavjud chiziqlarning) birbiriga nisbatan davriy siljishlaridan (asosiy yulduz atrofida yo‘ldosh yulduzning aylanayotganligi tufayli) bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |