Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan kurs ishi. Mavzu:”Mehnat va ish haqini hisobga olish”. Ishtirokchi talabalar


Download 305.71 Kb.
bet1/13
Sana22.10.2023
Hajmi305.71 Kb.
#1715910
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
LOYIHA ISHI (2)



Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan
KURS ISHI.
Mavzu:”Mehnat va ish haqini hisobga olish”.


Ishtirokchi talabalar:”Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va Audit” yo’nalishi 2-kurs 4-guruh talabasi Sadriddinov Bekzod.
Qabul qiluvchi:”Buxgateriya hisobi va audit” kafedrasi
dotsenti Tabayev A.Z.

Toshkent-2023


Mehnat va ish haqini hisobga olish.

Reja.

I.Kirish.
II.Asosiy qism:
1. Mehnat va ish haqini hisobga olish haqida tushuncha va ularning asosiy vazifalari.
2. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari.
3. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish.
4.Mehnatga haq to’lashning buxgalteriya hisobi.
III.Xulosa.
IV.Glossary.
V.Mavzuga doir savollar va test savollari.
VI.Foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar.

“Iqtisodiyot- bu hisob-kitob degani.


Har bir ishimizda puxta hisob kitob bo’lmasa,
hamma ishimiz eski hammom va eski tos bo’lib qoladi.”
Sh.Mirziyoyev
Kirish.
Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy o’zgarishlar respublikamiz hisob tizimini ham o’z ichiga qamrab olmoqda.Ayniqsa, buxgalteriya hisobining milliy standartlarining amaliyotga tatbiq etilayotganligi bunda alohida ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi.1.Mamlakatni tobora jadal rivojlantirish uchun va uni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritish maqsadida ham bizni sohaga nisbatan shu farmonning uchinchi yo’nalishida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha juda ko’p vazifalar ilgari surildi.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, moliyaviy hisob va hisobotning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi.
Shu munosabat bilan BHMS bо‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobot­larni kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kotirovka qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXSga muvofiq о‘zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz moliyaviy hisobot­larni xalqaro standartlar bо‘yicha о‘zgartirish jarayoni sari birinchi qadam – buxgalteriya hisoboti tuzish jarayoniga ta’sir etadigan mahalliy buxgal­teri­ya hisobi yuritishning ayrim usullari umume’tirof etilgan amaliyotga mos kelmasliklarini aniqlashdir. Bu usullar MHXS qо‘yadigan talablarga muvofiq tuzatishlar kiritish uchun zarur. О‘zgartirish jarayonining mohiyati BHMS bо‘yicha va MHXS bо‘yicha hisobdagi mavjud nomu­vofiqliklarni aniqlash hamda BHMS asosida tuzilgan hisobotlarga zarur tuzatishlar kiritishdan iborat. BHMS asosida tuzilgan hisobotlarni о‘zgartirish aksiyadorlik jamiyatlarining о‘z kuchlari bilan ham, chetdan taklif qilingan mutaxassislar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda kо‘pincha ikkinchi usul foydalaniladi, chunki о‘zgarishlar jarayonlarini bajarish ham mahalliy, ham xalqaro hisob standartlari va hisobotlarni о‘zgartirish texnikasini mukammal bilish zarurati bilan bog‘liq. Korxonalar taklif qilladigan malakali mutaxassislar bu – auditor­lik tashkilotlarining xodimlari sanaladi. Milliy qonunchilik talablariga muvofiq hisob yuritish va hisobotlar tuzishga majbur bо‘lgan respu­blikmiz aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXS bо‘yicha moliyaviy hisobot tayyorlashning ikki xil texnologiyasi mavjud – parallel hisob va о‘zgartirish (transformatsiya). Biroq parallel hisob yuritish mehnat resurslaridan nooqilona foydalanish va mehnat xarajatlarining ortishi tufayli samarasiz hisoblanadi. Hozirgi paytda parallel hisob yuritish yoki hisobotlarni о‘zgartirishni qо‘llash masalasi qonunchilik tomonidan tartibga solinmaydi va aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining ixtiyoriga havola qilinadi, shu sababli ikkala texnologiyani ham taqqoslash mumkin. Hisobotlarni о‘zgartirishning asosiy mohiyati schetlar va operatsiyalarni qayta tasniflash va О‘zbekiston hisob tizimi ma’lumotlariga MHXSga muvofiq tuzatishlar kiritish yо‘li bilan BHMS bо‘yicha hisobotlarni konversiyalash (о‘zgartirish) va moslashtirishdan iborat. Parallel hisob yuritishning mohiyati esa shundan iboratki, korxonaning barcha oper­atsiyalari BHMS bо‘yicha ham, MHXS bо‘yicha ham hisobda aks ettiri­ladi. Ikkita bosh kitob parallel ravishda yuritiladi. :
• BHMS bо‘yicha bosh kitob
• MHXS bо‘yicha bosh kitob
O’zi hisobot nima va u qanday yuritilishi ,turlari,vazifalari va qanday taqdim etilishi to’g’risida bir korxona ko’rinishida ko’rsatib o’tamiz.



Download 305.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling