Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan kurs ishi. Mavzu:”Mehnat va ish haqini hisobga olish”. Ishtirokchi talabalar
Download 305.71 Kb.
|
LOYIHA ISHI (2)
Ish vaqtidan tashqari ish buxgalteriyada naryadlar, ish vaqtini hisobga olish tabeli, ma’lumotnoma-hisob-kitob bilan rasmiylashtiriladi hamda ikki baravardan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi (O‘zR Mehnat kodeksining 157-moddasi). Haq to‘lashning aniq miqdori kollektiv shartnomasida o‘rnatiladi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, korxona rahbari tomonidan kasaba uyushmasi yoki ishchilarning boshqa vakil organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim (O‘zR Mehnat kodeksining 125- moddasi). Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Soat 22.00dan to soat 6.00gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi (O‘zR Mehnat kodeksining 122-moddasi). Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish(smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi, ya’ni tunggi vaqtdagi ish uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori soat stavkasining 50%dan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi. Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi. Mehnat kodeksining 135-moddasiga muvofiq quyidagilarga uzaytirilgan asosiy ta’til berilishi shart: – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun; – ishlayotgan 1 va II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun. Ta’tillarga haq to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitobi belgilangan tarifikatsiya yoki hisob-kitob kunidagi lavozim maoshidan kelib chiqib hisob-kitob davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan ortiq summaning bir qismini bir yil ishlaganlar uchun 1/12ga (to‘liq olti oy ishlaganlar uchun 1/6ga, to‘liq etti oy ishlaganlar uchun 1/7ga va h. k.) oshirib amalga oshiriladi. Tarif bo‘yicha haqdan ortiq summalarga ishbay ishlab topilgan pul, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblab yoziladigan boshqa to‘lovlar kiradi. T a’tillarga haq to‘lash uchun summalarni hisoblayotganda yoki olti kunlik ish haftasi hisobida foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lashda o‘rtacha oylik muddat 25,4 kun miqdorida qabul qilinadi. Misol. Korxona kassiriga 1 martdan 24 ish kuniga (15 kunlik asosiy ta’til va 9 kunlik qo‘shimcha ta’til) navbatdagi yillik ta’til berildi. Mart oyida mehnat ta’tiliga chiqishdan avvalgi 12 kalendar oydagi tarif stavkasidan oshadigan summa 1210000 so‘mga teng bo‘lagan. Hisob-kitob kunida tarifikatsiya bo‘yicha ish haqi 375 000 so‘mga teng. Xodimning o‘rtacha oylik ish haqi quyidagi summani tashkil etadi: 375 000 + 1 210 000 : 12 = 475 833 so‘m. Olti kunlik ish haftasi hisobida ta’tillarga haq to‘lash uchun summalarni hisoblayotganda o‘rtacha oylik ish davomiyligi 25,4 kun miqdorida qabul qilinadi. Xodimga hisoblangan ta’til puli summasi 449 606 so‘mni tashkil etadi (475833/25,4x24). Muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Debet 9420; Kredit 6710. Ta’til uchun to‘lov summalari ishlanmagan vaqt uchun to‘lovlarga kiradi va unga JShDS, YaIT va majburiy sug‘urta badallari solinadi. Shuningdek ular ShJBPHga badallar to‘lashda hisobga olinadi. Mehnat kodeksining 285-moddasida xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi: – mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasal bo‘lganda (shikastlanganda); – sanatoriy-kurortda davolanganda; – oilaning betob a’zosini parvarish qilganda; – karantin e’lon qilinganda; – sil kasali yoki kasb kasalligiga chalingani sababli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda; – reabilitatsiya muassasalariga joylagan holda mehnat qobiliyati tiklanganda yoki protez qilinganda to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda: a) ish haqining to‘liq miqdorida; b) ijtimoiy jihatdan ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha hisobda turadigan xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab: – 8 yillik va undan ortiq umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — ish haqining 100 %i; – 5 yildan 8 yilgacha umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 80 %i; – 5 yildan kam umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 60 %i miqdorida; d) boshqa holatlarda ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab: – umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lganlarga, shuningdek 21 yoshga yetmagan sag‘ir yetimlarga – ish haqining 80 %i; – umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lganlarga – 60 %i miqdorida to‘lanadi. Download 305.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling