Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan kurs ishi. Mavzu:”Mehnat va ish haqini hisobga olish”. Ishtirokchi talabalar


Download 305.71 Kb.
bet9/13
Sana22.10.2023
Hajmi305.71 Kb.
#1715910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
LOYIHA ISHI (2)

Misol.
Xodim 1-martdan 5-martgacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning lavozim maoshi martda 1325000 so‘mni tashkil etgan. O‘tgan 12 oyda lavozim maoshidan ortiq summasi 711 780 so‘mni tashkil etadi. Nafaqa ish haqining 80 %i miqdorida to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik vara-qasiga asosan haq to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi 1 384 315 so‘m miqdorida (1325 000 + 711 780 : 12). O‘rtacha oylik ish haqini maosh olingan davrdagi jadval bo‘yicha ish kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadigan o‘rtacha kunlik ish haqi 65920 so‘mni tashkil etdi (1 384 315 : 21).
1-martdan 5-martigacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 263 680 so‘m miqdorida to‘lanadi (65920 x 5 x 80%).
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hisoblangan nafaqa xodimning jami daromadiga kiritiladi va belgilangan tartibda unga daromad solig‘i solinadi.
Mehnat kodeksining 233-moddasida ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda - yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanishi nazarda tutiladi.
Nafaqa ayollarga ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va to‘lanadi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili summasi hisoblanib, ayolga tuqquniga qadar haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’iy nazar to‘liq beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Chunonchi, nafaqa miqdori amalda ishlangan vaqtga qarab tabaqalashtiriladi. Bunda birinchi marta ishga joylashayotganlar uchun ham, 12 oydan ortiq tanaffusdan so‘ng o‘z mehnat faoliyatini tiklayotganlar uchun ham ishlangan davr quyidagicha hisobga olinadi: - ishga qabul qilingan kundan boshlab 6 oygacha – homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqining 50%i;
- 6 oydan 12 oygacha – 75%i;
- 12 oydan ortiq – 100%.
Misol.
Ayol birinchi marta ishga kirdi va 6 oy ham ishlamay, homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqayapti. Unga o‘rtacha oylik ish 93 haqining 50%i miqdorida nafaqa tayinlanadi. Agar ayol bir yildan ortiq hech qayerda ishlamagan bo‘lib, ishga joylashgan va 11 oydan keyin homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsa, u o‘zining o‘rtacha oylik ish haqining 75%i miqdorida nafaqa olishi mumkin bo‘ladi.
Shu tariqa, birinchi marta ishga joylashgandan keyin yoki ishdagi 12 oydan ortiq tanaffusdan keyin bir yil ishlagach yoki ishdagi tanaffus 12 oydan kam bo‘lgan bo‘lsa, 100% miqdoridagi nafaqani olish mumkin bo‘ladi.
Misol.
Korxona xodimi 1 fevraldan 126 kunlik muddatga tug‘ishgacha va tug‘ishdan keyingi ta’tilga chiqish haqida kasallik varaqasini taqdim etdi. Yanvardagi ish haqi 1360 000 so‘mni, mukofot 540 000 so‘mni tashkil etdi (hisob-kitob davrida boshqa mukofot to‘lovlari amalga oshirilmagan).
Nafaqa hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. O‘rtacha oylik ish haqi belgilanadi 1360000+540000/12 = 1405000 so‘m.
2. To‘liq 4 oy va iyun oyidagi 4 ish quni uchun haq to‘lanadi: fevral, mart, aprel, may uchun nafaqa 5 620 000 so‘m (1405000 x 4), iyun uchun – 1405000/20 x 4 = 281000 so‘mni (20 iyun oyidagi ish kunlari soni) tashkil etadi.
Jami nafaqa miqdori 5901000 so‘mni tashkil etadi (5620000 + 281000).Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmaydi.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni ayta olamizki, Davlatimiz jadal rivojlangani sari raqamli texnologiyalar kirib kelishi bilan buxgalteriya sohasi hisobotlarini ham tashkil qilish va taqdim etish mutlaq o’zgarib bormoqda.Hozirgi zamonda barcha ishlardi birgina kompyuter jihozi va ERI kluch (Elektron Raqamli Imzo) va yana bir qancha axborot texnologiyalarning usullari orqali hisobotlar yuritilib taqdim etilmoqda. Yana unga misol 1C dasturi, UzASBO va yana bir qancha dasturlar faoliyat yuritib kelmoqda. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltirilgan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan. Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan.


Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarining mehnatga oid munosabatlari mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko’rsatilmagan bo’lsa, bir taraflama bo’lishi mumkin emas. Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo’lgan talablar yoki davlatning yuqori ijtmoiy himoyaga muxtoj bo’lgan shaxslar to’g’risida alohida g’amxo’rligi bilan bog’liq farqlashlar kamsitish hisoblanmaydi deb xulosa qilinadi.

Download 305.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling