8-Mavzu: O`simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini aniqlash Reja


Download 124.76 Kb.
bet1/4
Sana27.10.2023
Hajmi124.76 Kb.
#1727138
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya 8


8-Mavzu: O`simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini aniqlash


Reja:
1. Populyasiyaning yosh tuzilmasi haqida nazariy ma`lumotlar.
2. O`simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini o`rganish.
3. Mustaqil ish topshiriqlari
4. Testlar


Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiyalarning yosh tuzilmasi hamda uning ifodalanishi, yosh tuzilmaning populyasiya hayotidagi ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlar berish, amaliyotda populyasiya yosh tuzilmasini aniqlash usullaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish.
Dars o`tish vositalari: Yantoqning turli yosh holatlarini hisobga olib yig`ilgan gerbariy namunalari. Shuningdek, boshqa o`simliklarning yosh holatlariga oid gerbariylar. O`simliklarning yosh holatini ifodalovchi jadval va o`quv qo`llanmalar.
Dars o`tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o`rgatish uchun ularga mavzu bo`yicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo`lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o`qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.


Darsning mazmuni:


2.1. Populyasiyaning yosh tuzilmasi haqida nazariy ma`lumotlar.
Populyasiyada turli yoshga mansub individlarning o`zaro nisbati uning yosh tuzilmasini ifodalaydi. Populyasiyaning yosh tuzilmasi o`z - o`zini yaratish jadalligi, o`lish darajasi, avlod almashinish tezligi kabi muhim jarayonlarni aks ettiradi.
Populyasiyaning yosh tuzilmasi quyidagi usullarda ifodalanishi mumkin.
1) turli yoshdagi individlar guruhi nisbati orqali;
2) turli avlodlar nisbati orqali;
3) predreproduktiv, reproduktiv va postreproduktiv davrlar davomiyligining nisbati orqali;
4) individlarning rivojlanish va o`sish xususiyatlari orqali.
Individlarning yoshiga bog`lik holda ularning yashash muhitiga va alohida omillarga talabi sezilarli o`zgarib turadi. Ontogenezning turli bosqichlarida organizmlarning yashash muhiti, oziqlanish usuli, harakatlanish xususiyatlari, faolligi almashinib turishi mumkin. Ayrim hollarda bir turga mansub turli yoshdagi guruhlar o`rtasidagi farq turli turlar o`rtasidagi farqlarga nisbatan kuchliroq ifodalangan bo`ladi. Masalan, baqalarning etuk davri va lichinkasi, kapalaklar va ularning lichinkasi va boshqalar.
Turli yoshdagi guruhlar o`rtasida hayot tarzida farqlar shunga olib keladiki, ba`zi funksiyalar to`lig`icha rivojlanishning ma`lum bosqichlarida bajariladi. Masalan, hasharotlarning ko`pchiligi etuk davrida deyarli oziqlanmaydi. Oziqlanish va o`sish lichinka bosqichida amalga oshiriladi. Etuk davri esa tarqalish va ko`payish vazifasini bajaradi.
Populyasiyada individlarning yosh jihatidan bir-biridan farq qilishi populyasiyaning ekologik xilma-xilligini kuchaytiradi, bu esa noqulay tashqi muhit sharoitlarida turning yashab qolish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O`simlik populyasiyalarida yosh tuzilma turli yoshdagi individlar nisbatida ifodalanadi. Individlarning yosh holati-uning tashqi muhit bilan ma`lum munosabatlarini tavsiflaydigan ontogenezning ma`lum bosqichidir. O`simlik populyasiyasining yosh tuzilmasida quyidagi guruhlarni ajratib ko`rsatish mumkin:
O`simta- tuzilishi jihatdan sodda, ikki yo`l bilan oziqlanadigan (urug`dagi zapas oziqa va qisman mustaqil) kichik o`simliklar;
Yosh o`simliklar- mustaqil oziqlanadi, shoxlanmagan yoki shoxlanish boshlangan, barglari uncha yirik bo`lmagan o`simliklar.
Etuk vegetativ o`simliklar - er usti va er osti organlari to`liq shakllangan, lekin reproduktiv organlari hali yo`q. Bu o`simliklar keyinchalik gul va meva hosil bo`lishi bilan generativ bosqichga o`tadi. Generativ bosqichga o`tishda organizmda fiziologik va bioximik o`zgarishlar yuzaga keladi. Transpiratsiya va fotosintez tezligi oshadi.
Yosh generativ o`simliklar- gullaydi, meva hosil qiladi, o`simlik etuk shaklga kiradi.
O`rta yoshli generativ o`simliklar - har tomonlama etuk, eng yuqori o`sish va urug` hosil qilishga qobiliyatli o`simliklar.
Qari generativ o`simliklar - reproduktiv funksiyasi zaiflashgan, shoxlanish va ildiz o`sishi jarayonlari sekinlashgan o`simliklar. Bu o`simliklarda emirilish jarayoni yangilanish jarayonidan ustun.
Qari vegetativ o`simliklar- meva hosil qilishi to`xtagan o`simlik, emirilish jarayoni ko`payadi, ildiz va shoxlari orasidagi bog`lanish zaiflashadi.
O`layotgan individlar - o`lchamlari kichiklashgan, ko`pchilik hujayralari o`lgan o`simliklar.
O`simlik populyasiyasida individlarning yosh holatiga qarab taqsimlanishi yosh spektri deb ataladi. Agar populyasiya yosh spektri faqat urug` va o`simtalardan iborat bo`lsa, bu populyasiya invazion populyasiya deb ataladi. Yosh biotsenozda endi shakllanayotgan populyasiyalar shunday populyasiyadir. Bunday populyasiya o`z-o`zini boshqarishga qodir emas. Agar populyasiya barcha yoshdagi guruhlardan iborat bo`lsa, normal populyasiya deyiladi. Bunday populyasiya mustaqil va o`z-o`zini boshqara oladi. Generativ va vegetativ qari individlardan iborat populyasiya regressiv populyasiya deb ataladi. Invazion, normal va regressiv populyasiyalar bir-biriga o`tib turadi.
Senopopulyasiyalar yosh tuzilmasi turning biologik xususiyatlari tomonidan belgilanadi, hamda tashqi muhit sharoitlariga bog`liq bo`ladi. Senopopulyasiyaning yosh spektri uning holati va o`zgaruvchan yashash muhitiga moslashganlik darajasini aks ettiradi.
Populyasiyaning yosh tizimi sharoitga qarab har bir populyasiya uchun turning genetik xususiyatiga bog`liq bo`ladi.
O`simlik fitotsenozidagi muayyan turlarning har xil holatlardagi individlarning yig`indisi senopopulyasiya deb ataladi. Uni agar gulli o`simliklar misolida ko`radigan bo`lsak unga tuproqda (yoki uning yuzasida) o`z hayotchanligini yo`qotmagan urug`lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyasiyalarning tarkibiy qismiga ba`zan o`t o`simliklarning er osti organlari – ildizpoya, piyozbosh, tuganak, ildizmeva kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi – senopopulyasiyalar yig`indisidir. Turlarning o`zi esa populyasiya yig`indisidan iborat. Jamoadagi populyasiyalar turli o`lchamdagi maydonni egallashi va yoshlarining nisbatlari bilan farq qilishadi. T.A. Rabotnov populyasiyadagi o`simliklar hayotini quyidagi davrlarga ajratib o`rgatishni taklif qiladi:
a) Latent davri – bunda o`simlik spora, urug` yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Masalan, terakning urug`i hayotchanligini 3 – 4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba`zi bir begona o`tlar esa (shumg`iya, zarpechak) urug`ining hayotchanligini bir necha o`n yillab saqlay oladi;
b) Virgil davri – o`simlikning maysalik davri, ya`ni yosh o`simlikning gullashgacha bo`lgan davri;
v) Generativ (etilish) davri – sporalar yoki gullash va urug` hosil bo`lish davri;
g) Senil (qarilik) davri – o`simliklarda fiziologik jarayonlarning susayishi, generativ ko`payish xususiyatning yo`qolish davri.
T.A. Rabotnov tushunchasiga ko`ra populyasiyalarning invazion, normal va
regressiv xillari bo`ladi. Invazion populyasiya deyilganda, o`simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyasiyalar bo`lib, ular nihollar, yosh hamda voyaga etgan holdagi o`simliklardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday populyasiyaning urug`lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada muhim o`rin egallamasligi yoki mutloq yashay olmasligi ham mumkin.
Regressiv turdagi populyasiya generativ ko`payish xususiyatini yo`qotgan populyasiyadir. Bunday populyasiyadagi individlar gullamaydi, yoki gullasa ham urug` va mevalari unuvchanligini yo`qotgan bo`ladi. Bu esa populyasiyaning fitotsenozda o`lib, yo`qolib, chirib ketayotganligini ko`rsatadi.
Normal turdagi o`simliklar populyasiyasi jamoada rivojlanish davrining barcha bosќichlarini to`liќ o`tkazuvchi o`simliklardir, ular spora yoki uruѓlardan tortib, to voyaga etgan o`simliklar ko`rinishida uchraydi.
Populyasiyaning yosh tizimi o`simlik va hayvonlarda ham bir necha omillarga bog`liq. U birinchi navbatda, balog`atga – voyaga etish vaqti, umr ko`rish muddati, ko`payish davri muddati, avlodlar davomiyligi, ota – onasidan bir vaqtda tug`iladigan individlarning bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlarning nobud bo`lish xarakteri, populyasiyaning son jihatdan o`zgarib turish dinamikasi kabilarga bog`liq.
O`simlik va hayvon populyasiyaning yosh tizimiga juda ko`p misolar keltirish mumkin. Biroq, populyasiyaning yosh tizimini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid ma`lumotlar bilan cheklanishimiz mumkin.
Peopold (1943) ma`lumotiga ko`ra Arizon shtatining katta Kanon hududidagi 280000 gektar maydonda 1907 yilda hammasi bo`lib 4000 ta bug`i yashagan, bug`ilar bilan ovqatlanadigan yirtqichlarga (bo`rilarga) qarshi ashaddiy kurash tashkil qilingandan so`ng yirtqichlar keskin kamayib ketgan. Natijada bug`ilar tez ko`payib 1924 yilga kelib, ularning soni 100.000 ga etgan (Koli, 1970). Ko`paygandan keyin o`tka­zilgan kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, em – xashak etishmas­ligi natija­sida bu bug`ilar arriqlab, kasallangan vakillari juda ko`payib ketgan. Oqibatda bug`ilarning ko`pchiligi qirilib ketib maz­kur sharoitda popu­lyasiya individlari yashash imkoniyati bor miqdorda saqlanib qolganlar. Bunda tabiiy tanlanish o`zining ta`sirini ko`rsatgan.



Download 124.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling