1-topshiriq: Savollarga javob bering?
Download 20.49 Kb.
|
Sotsiologiya 3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - topshiriq
1-topshiriq: Savollarga javob bering? Sotsial guruh deganda nimani tushunasiz? Sotsial (ijtimoiy) guruh – individlar majmui. Ijtimoiy guruhga mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi. Avstriyalik sotsiolog L.Gumplovich o‘zining 1899-yilda yozilgan “Sotsiologiya asoslari” kitobida “sotsiologiyada o‘rganish elementlari va birliklari sotsial guruhlar sanaladi”, deb yozgan[1]. “Sotsial olamning haqiqati shundan iboratki, u avvalboshdan guruhlarning harakati asosida mavjud bo‘lgan jamiyatdagi sotsial muammolarning yechimi sotsial guruhlarning barqaror o‘zaro aloqalaridir”. Gumplovichning fikricha, aynan guruhlar individning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi. G.S.Antipinaning fikricha, “sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementi sifatida bir xil sotsial xususiyatga ega bo‘lgan va jamiyat uchun mehnat taqsimotiga ko‘ra zaruriy vazifalarni bajaruvchi insonlar uyushmasi hisoblanadi[2]”. Shunday qilib, sotsial guruhlar deyilganida, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi asosida bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlik tushuniladi[3]. Sotsial guruhning asosiy belgisi, ularni ijtimoiy harakter xususiyati bir-biriga yaqinlashtiradi. Guruh a’zolari boshqalardan kutmaydigan ma’lum xatti-harakatlarni bir-biridan kutadilar. Katta sotsial guruhga ta’rif bering? Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar O'zining aniq ta'rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial guruh deganda, A'zolar soni ko'p bo'lgan kishilar guruhlari tushuniladi. Katta sotsial Guruhlarning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat; A'zolar sonining ko'pligi; Yagona hududning mavjud emasligi; A'zolar o'rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalari Orqali o'rnatilishi; Guruh strukturasining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu Guruhlar ko'p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni O'z ichiga oladi. Katta guruhlar 2 turga bo'linadi. .Tasodifiy, stixiyali paydo bo'ladigan va qisqa vaqt mavjud Bo'ladigan guruhlar. Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va Boshqalarni kiritish mumkin. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy Munosabatlar sistemasida ma'lum o'ringa ega bo'lgan birliklar. Bu turdagi Guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik Guruhlar (elat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid Guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin. Kichik sotsial guruhga ta’rif bering? Kichik guruhlar deganda, ko'pi bilan bir necha o'nlab a'zolardan Iborat bo'lgan kam sonli guruhlar tushuniladi. Bu guruhlar ko'pincha Samimiy do'stlik munosabatlari bilan bog'langan bo'ladi, guruh a'zolari O'rtasida bevosita o'zaro aloqalar ustun turadi, guruh a'zolari o'rtasidagi Munosabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi. Bundan Tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga mo'ljallangan, yuqori darajada Shakllangan kichik maqsadli guruhlar ham mavjud. Bu guruhdarda a'zolar O'rtasidagi munosabatlar maxsus xizmat ko'rsatmalari bilan tartibga Solinadi. Yashirin ishlayotgan partiya yacheykasi bunga misol bo'la oladi. Kichik guruhlar oilani, do'stlarni, qo'shnilarni ishlab chiqarish brigadasini Va boshqa guruhlarni kiritish mumkin. Referent guruh deb qanday guruhlarga aytiladi? Referent guruhlar. (Referent guruh termini inglizcha so‘z bo‘lib, “mansub bo‘lish” degan ma’noni anglatadi). Bu terminni amerikalik sotsial psixolog M.Sherif tomonidan kiritilgan. Individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy) nisbatan ishlatiladi. Katta va kichik referent guruhlari – sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo‘lishi mumkin. Referent guruhlar 2 turi: Real guruhlar (shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallash uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan alohida kishilar birligi). Ideal guruhlar (ma’lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo‘l-yo‘riqlarining inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga moslashishga harakat qiladi). 2-topshiriq: Kichik va katta sotsial guruhning farqli jixatlarini taqqoslang?
Download 20.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling