Savollar O'simlik xom ashyosi deganda nimani tushunasiz Xom ashyoni maydalanganlik darajasi qanday aniqlanadi O'simlik xom ashyosi asosan qanday xususiyatlariga ko'ra tahlil qilinadi? Javoblar
Download 17.89 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- DORIVOR O‘SIMLIK XOM ASHYOSINING MAYDALANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH.
Savollar 1.O'simlik xom ashyosi deganda nimani tushunasiz 2.Xom ashyoni maydalanganlik darajasi qanday aniqlanadi 3.O'simlik xom ashyosi asosan qanday xususiyatlariga ko'ra tahlil qilinadi? Javoblar DORIVOR O’SIMLIK XOM ASHYOSI O’simlik xom ashyosiga dorivor o’simlikning barcha yoki ayrim qismlarining organlari quritilgan yoqi yangi terib olingan xolati kiradi. - Er ustki qismlari (bargi, kurtaklari, gullari, po’stlog’i) - Ildizi va ildiz poyasi kiradi - mevalari – O’simlik shoxlari va po’stlog’idagi yoriqlaridan oqib chiquvchi Tabiiy ajralmalari (kamed, balzamlar, smolalar, kamed-smolalar, sutli shiralar), yoki mevalariga maxsus qilinadigan kesmalar orqali (opiy). 2.Maydalash.Ekstraksiyalash sharoitini va hayvon xom ashyosini keyingi qayta ishlovini yaxshilash maqsadida xom ashyo maydalagich vallarida suspenzion mayda zarrachalargacha maydalaniladi DORIVOR O‘SIMLIK XOM ASHYOSINING MAYDALANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH. Muvofiq dorivor o‘simlik uchun normativtexnik hujjatlarda ko‘rsatilgan xom ashyo sinamasi elakka joylashtiriladi va extiyotkorlik bilan, nozik xarakatlar bilan, qo‘shimcha maydalanishga yo‘l qo‘ymasdan elanadi. Maydalangan zarrachalarning elash jarayoni qachonki, o‘shimcha 1 daqiqa elash davomida elak orqali o‘tgan xom ashyoning 1% gina elakda qolsa tugallangan hisoblanadi. Butun xom ashyo uchun elak orqali o‘tgan zarrachalar o‘lchanadi va analitik sinama massasiga nisbatan foiz miqdori aniqlanadi. Kesilgan, maydalangan, poroshoksimon xom ashyoni elash uchun ikkta elak olinadi. Xom ashyo sinamasi yuqoridagi elakka joylashtiriladi va elanadi. So‘ng, yuqori elakda qolgan va pastki elakdan o‘tgan xom ashyo alohida o‘lchab olinadi va analitik sinamaga nisbatan yuqori elakdan o‘tmagan va pastki elakdan o‘tgan zarrachalarnin foiz miqdori hisoblab chiqariladi. Agar xom ashyo 100 g dan oshiq bo‘lsa u xolda o‘lchash jarayonida ±0,1 g. gacha xotolikka yo‘l qo‘lishi mumkin bo‘ladi, agar analitik sinamaning massasi 100 g. dan kam bo‘lsa u holda ±0,05 ruhsat etiladi. Har bir hom ashyo uchun maydalangan zarrachalarning yo‘l qo‘yiladigan normasi normativtexnik hujatlarda keltirilgan bo‘ladi. 3. Sanoatda toza yoki individual BFM ni olish uchun (bunda xozirda sintezini amalga oshirib bo’lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan moddalar olinadi, bu moddalar sof ajratib olingan xolda yoki modifikatsiyalash uchun boshlang’ich modda sifatida qo’llaniladi) - Galen preparatlarini va sharbatlarni olish uchun (suvli, spirtli, efir ajratmalarini ekstraktlarini olish uchun; quyuq, suyuq, poroshoksimon va konsistensiyasi bo’yicha qattiq moddalarni). Galen 25 preparatlari odatda faol moddasini toza xolatda ajratib bo’lmaydigan dorivor o’simliklardan tayyorlanadi. Ulardan tayyorlargan dori vositalari sof xolda ajratib olingan moddadan ko’ra moddalar kompleksida samaraliroq ta‘sirga ega bo’ladi (sinergizm) - Tindirma yoki qaynatmalar shaklida foydalanadigan choy yig’malarini tayyorlashda. - Dorivor choyning asosiy ustunligi uning tarkibidagi kompleks birikmalarning ta‘siridadir; - Ozuqa maxsulotlarini yaxshilash maqsadida organizmning ba‘zi fiziologik funksiyalarini faollashtiradigan vitamin, mikroelementlar va boshqa moddalar bilan boyitish (aminokislotalar, fermentlar, aromatik moddalar bilan). Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling