Paxtachilik klasterining rivojlanishi


Download 45.15 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi45.15 Kb.
#1575068
1   2   3
Vohid Gunesh: 325 shirkat bu kulgili raqam. Normal davlatda bir yilda 3500 va hatto 5000 ta qo'shma korxona ochiladi. Yana ushbu 325 shirkat sirtdan kelgan korxonalar emas. O'zbekistonda valyuta konvertatsiyasi muammosi bo'lgani uchun, O'zbekistonda yashaydigan davlat va tuzumga yaqin kishilar chet elda shirkat ochib, u orqali O'zbekistonda qo'shma korxona ochadilar. Bularning hammasi hiyla yo'lida ochiladigan korxonalardir. Konvertatsiya bo'lmagan, korruptsiya rivojlangan joyga chetdan firma kelib ish qilmaydi. 325 qo'shma korxona tizimga yaqin va pulini yashirishni istagan va ayrim narsalardan qo'rqqadigan kishilarning hiyla uslubi bilan chetda firma ochib, O'zbekistonda filial ochish harakati natijasidir.
BBC: Biroq qo'shma korxona sohiblarining Xitoy va Turkiya kabi davlatlardan kelgani aytilmoqda xabarlarda?
Vohid Gunesh: Turkiyadan va hattoki Xitoydan biror kishi u erga borib korxona ochadi deb o'ylamayman. Bir o'zbekistonlik fuqaro Xitoyga borib korxona ochadi va u shu korxona orqali O'zbekistonda ish qiladi. O'zbekistondan kelib Turkiyada shirkat ochib olgan bir guruh odamlarni taniyman. Ular ushbu firmalari orqali O'zbekistonda korxona ochadilar.
BBC: Biroq Turkiya yoki Xitoydan tadbirkorlarning O'zbekistonda ish qilayotganini inkor qilolmaysiz-ku?
Vohid Gunesh: Turkiyadan yoki Xitoydan kelib 5-10 korxona ochgan odamlar bordir. Ammo 325 ta emas. Bu korxonalarning asosiy qismi hiyla yo'li bilan ochilgan shirkatlardir. Biz O'zbekistondagi sharoitni bilamiz. O'zbekistonda konvertatsiya yo'q. Shunday ekan Xitoydan kelgan odam qanday qilib molini sotib pulini olib chiqib ketadi.
BBC: Biroq O'zbekistonda ish qilayotgan xorijlik shirkatlar bu muammoni qanday hal qilayapti unda?
Vohid Gunesh: Rejimga yaqin kishilarga nisbatan konvertatsiya bor. Markaziy bank tor doira uchun ishlaydi. Masalan, Markaziy Bank 10 kishiga konvertatsiya uchun ruxsat beradi. Qolganlarga esa yo'q. O'zbekiston militsiya va SNB davlatidir.
Download 45.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling