Glossariy abolitsionizm


Deputat – (lot. Deputatus - vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil. Diaspora


Download 68.22 Kb.
bet6/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Deputat – (lot. Deputatus - vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
Diaspora – yun. diaspora “tarqalish” ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Diversifikatsiya – (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
Diniy bag‘rikenglik –bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tuShunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Diskurs – ingl. discourse lot. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog.
Doktrina – (lotincha – ta’limot; o‘qimishlilik) Ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.
Dotatsiya (lot. - tuhfa) – ma’lum harajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir sub’yekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag‘i berilishi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Identifikatsiya – (lot. o‘xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) monandlik. Siyosiy identifikatsiya - u yoki bu siyosiy guruhga o‘zini boshqalardan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi.
Ijtimoiy adolat – barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o‘z o‘rni mavjudligini va qonun oldida ularning o‘zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling