Glossariy abolitsionizm


Download 68.22 Kb.
bet5/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

G‘oyaviy bo‘shliq – deb, eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog‘liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o‘tmish va kelajakka dahldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab etmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo‘shliqqa aytiladi.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o‘zaro hurmat, inson qadrini ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari singdirilgan dunyoqarash.
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo‘lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o‘z ichiga oladi. Jamiyatni boshqaruvga tizim sifatida Davlat ichki tizimga o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. Davlat odamlar va jamoat guruhlarining faoliyati hamda munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo‘naltiradi va nazorat qiladi.
Davlat tassarrufidan chiqarish – davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Daxldorlik hissi – fuqarolarning tug‘ilgan joyi, ona Vatani, mustaqillikni anglash, uni asrab-avaylash, himoya qilish, uni yanada rivojlantirishga chorlaydigan, shart-sharoit, omillar majmui.
Delimitatsiya – (lot. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchi demokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi.
Demokratik kuchlar bloki – parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etish maqsadida o‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holdabir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishi.
Demokratiya (yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo‘lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling