Glossariy abolitsionizm


Download 68.22 Kb.
bet9/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Interfaol muloqot – real vaqt rejimida turli OAV (asosan Internet) vositasida “jonli” muloqot qilish. Shartli ravishda bunday muloqotning bir necha shaklini belgilash mumkin:
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Infratuzilma – Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli tizimi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 - yilning 29 avgustida “Kadrlartayyorlashmilliy dasturi to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Ushbu dasturda (3-bandi) kadrlar tayyorlashning milliy modeli quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligi belgilab qo‘yilgan:
1. Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
2. Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga amlga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari.
3. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
4. Kadrlar tayyorlash tizimida – fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
5. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini, Shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi (“Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”, T., 2008-., 41-53 b.).
Kasaba uyushmalari – korxona, muassasa, o‘quv yurti va boshqa mehnat jamolarida ishlayotgan ishchi va xodimlarni ijtimoy manfatlarini himoya qilish, ish beruvchilar bilan ishlovchilarning ijtimoiy sherikchiligini tashkil etish maqsadida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkiloti;

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling