Glossariy abolitsionizm


Konfessiya – lot. cōnfessio dinlar va uning shaxobchalari, tarmoqlari, mazhab, oqim va yo‘nalishlarini ifodalovchi umumiy tushuncha. Konsepsiya –


Download 68.22 Kb.
bet10/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Konfessiya – lot. cōnfessio dinlar va uning shaxobchalari, tarmoqlari, mazhab, oqim va yo‘nalishlarini ifodalovchi umumiy tushuncha.
Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui.
Konvertatsiya – (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
Kooperatsiya – lot. cooperatio-hamkorlik; ko‘pchilik kishilarning birgalikda bitta yoki o‘zaro bir-birlariga bog‘liq bo‘lgan bir necha faoliyatlardagi ishtiroki, mehnatni tashkil etish shakllaridan biri; ishlab chiqarish va mahsulot ayirboshlash sohasidagi jamoaviy birlashma.
Ko‘ppartiyaviylik – mamlakat parlamentida ko‘pchilik o‘rinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha siyosiy partiyalar mavjud bo‘lgan siyosiy tizim.
Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga egabo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari – ushbu konsepsiyaning mohiyati odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining oshishi demakdir.
Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqaroligi ta’minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Kuchli fuqarolik jamiyati – inson manfaatlari ustuvorligi va fuqarolik jamiyati institutlari orqali ularning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi ta’minlangan, qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat.
Qonun – qonunchilik hokimiyatining fuqarolar, jamiyat va davlat hayotiga taalluqli munosabatlarda muayyan tartib joriy etish borasidagi irodasining namoyon bo‘lishi.

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling