Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari. Ntt va ularning asoslari


Download 44.13 Kb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1255712
  1   2   3
Bog'liq
kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari ntt va ularning asoslari



SIRDARYO.UZ*



SSirdaryo Viloyati Hokimligi Veb sayti
Interaktiv xizmatlar, foto va videolavhalar, onlayn tarzda litsenziyalar olish uchun arizalar qabul qilish, Xaj Umra safarlari uchun onlayn tarzda arizalarni qabul qilish hamda Sirdaryo viloyati hayoti va unda yuz berayotgan yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar joy olgan. http://sirdaryo.uz
Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari. NTT VA
ULARNING ASOSLARI

Date : 14 Sentabr, 2016


Fuqarolik jamiyati - jamiyat taraqqiyotining avvalgi bosqichlarida davlat hokimiyati organlari bajarib kelgan talay vazifalarning jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tishi, davlat faoliyati ustidan ijtimoiy nazorat o‘rnatilishi, demakir. Fuqarolik jamiyati shakllanish su MNJBJBJBr’atlari bir qator omillarga bog‘liq. Siyosiy, huquqiy omillar fuqarolik jamiyati sari borishning siyosiy-hukukiy asosi sifatida xizmat qilsa, bu jarayonning sur’ati esa ko‘p jihatdan tashkiliy, madaniy va ruhiy omillarga bog‘liq. Fuqarolarning siyosiy, huquqiy madaniyati fuqarolik jamiyati qurishning muhim omillari hisoblanadi. Bu omillar qanchalik rivojlangan, etuk bo‘lsa, jamiyat rivoji uchun shunchalik mustahkam poydevor yaratiladi. Ammo fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonining izchilligi va sur’atlari jamiyat hamda fuqarolarning madaniyati, ma’naviyati va ruhiyati bilan belgilanadi.


Fuqarolik jamiyati masalasiga Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlarida alohida e’tibor qaratilgan. SHarq va G‘arb olimlari tomonidan fuqarolik jamiyatiga turlicha ta’riflar berilgan. Ular o‘rtasida umumiy jihatlar bilan bir qatorda muayyan tafovutlar ham mavjud. Bu ta’riflarni shartli ravishda uchta asosiy turkumga ajratish mumkin. Masalan, Gegelning ta’rifiga ko‘ra, fuqarolik jamiyati oila va davlatning muqobili va ayni paytda ular bilan bog‘liq tizim bo‘lib, unda har bir individ o‘z maqsadlariga intiladi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarimiz hayotini muhofaza qilish, uning maqsadlari, manfaatlarini muayyan tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalga oshirishdir.
Fuqarolik jamiyatining mazkur institutlari, o‘z navbatida, alohida shaxs uchun uning hokimiyat manbai ekanligini his qilishga hamda uning layoqati va harakati, obro‘si jamiyatda yuksak qadriyat sifatida tan olinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling