Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari. Ntt va ularning asoslari


Sirdaryo Viloyati Hokimligi Veb sayti


Download 44.13 Kb.
bet2/3
Sana09.03.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1255712
1   2   3
Bog'liq
kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari ntt va ularning asoslari

Sirdaryo Viloyati Hokimligi Veb sayti
Interaktiv xizmatlar, foto va videolavhalar, onlayn tarzda litsenziyalar olish uchun arizalar qabul qilish, Xaj Umra safarlari uchun onlayn tarzda arizalarni qabul qilish hamda Sirdaryo viloyati hayoti va unda yuz berayotgan yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar joy olgan. http://sirdaryo.uz
O‘zbekistonda fuqarolarning uyushma va tashkilotlarga ixtiyoriy ravishda birlashishi masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganining sababi shundaki, ana shu uyushma va tashkilotlarning rivoji fuqarolik jamiyati shakllanishining bosh omilidir. Ularning taraqqiy etishi esa ko‘p jihatdan, fuqarolarda korporativ madaniyatning shakllanish darajasi bilan belgilanadi. Har bir fuqaro jamiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki turli jamoa, uyushma va tashkilotlarning a’zosi sifatida birlashadi.
Bugungi kunda turli yo‘nalishdagi nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining institutsional asosini tashkil etadi. Ular davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Mavjud ijtimoiy- iqtisodiy, gumanitar muammolarni aniqlab, jamiyatni ularni hal etishga safarbar qiladi. Fuqarolarning o‘z salohiyatini namoyon qilishga xizmat qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning to‘rtta asosiy belgilari bor. Ulardan biri o‘zini o‘zi boshqarish, ikkinchisi, tashkilotni jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etilishi, uchinchisi, o‘z faoliyatidan foyda olishni ko‘zlamaslik, to‘rtinchisi, fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlarining asosiy funksiyasi, davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdir.
Fuqarolik jamiyati shakllanishida ma’naviy va madaniy omillar juda muhim rol o‘ynaydi. Jamiyat jamoa va guruhlardan, jamoa va guruhlar esa alohida fuqarolardan tashkil topadi. Insonlar turli- tuman bo‘lgani singari, jamoa va guruhlar ham tashkiliy, madaniy va ruhiy jihatlarga ko‘ra turlichadir.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar asosida va o‘ziga xos shakllarda yuz beradi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos va o‘ziga mos yulini tanlagan. Fuqarolik jamiyati shakllanishidagi xususiyatlar mamlakatimiz tarixi, milliy madaniyati va ma’naviyati hamda turmush tarzidagi o‘ziga xoslik bilan belgilanadi. Masalan, mamlakatimiz aholisi turmush tarzining o‘ziga xosligi mahalla institutining mavjudligi bilan izohlanadi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda nafakat iqtisodiy, siyosiy va huquqiy negizlar, balki ma’naviy asos ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim vazifalaridan biri odamlar ongini, ma’naviyatini o‘zgartirishdir. Shu bois taraqqyotining turli davrlarida adolatli va ma’rifatli jamiyat barpo etish masalasini tahlil etgan allomalar (Sukrot, Aflotun, Arastu, Forobiy, ibn Sino, Navoiy va hoazolar) bunday jamiyatni faqat moddiy negizlarga tayanib, ma’naviy qadriyatlarni e’tiborga olmasdan barpo etib bo‘lmasligini asoslab berganlar.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki bosqichlaridanoq hukukiy-demokratik davlat hamda zamonaviy fuqarolik jamiyatini barpo etish yulida ijtimoiy-iqtisodiy hayot, siyosat, hukuq sohasidagi islohotlar ma’naviy-ma’rifiy jabhadagi islohotlar bilan uyg‘un holda amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra, millatlar va dinlararo tinchlik-totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy-

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling