Mavzu: Logistika tizimida turli transport turlarining o’zaro hamjihatligi Reja: 3


Download 101.31 Kb.
bet1/4
Sana18.11.2023
Hajmi101.31 Kb.
#1783421
  1   2   3   4
Bog'liq
Sherzod

Mavzu:Logistika tizimida turli transport turlarining o’zaro hamjihatligi Reja: 1. Transport tizimini boshqarishning huquqiy hujjatlarini o‘rganish 2. Transportturlari faoliyatining texnik va texnologik hamjihatligini ta’minlash borasidagi yo‘nalishlar bilan tanishish 3. Transport turlarining tashkiliy-iqtisodiy hamjihatligi tahlil etish

Tiplashgan tashish shart-sharoitlarida boshqa (qo’shimcha) xarajatlar teng bo’lganda transport turlaridan foydalanish sferalarini chegaralaydigan teng foydali uzoqlik: bunda , — transport jarayonining boshlang’ich va oxirgi operatsiyalarining solishtirma xarajatlari (tarif stavkalari), yuklash va tushirish, shuningdek temir yo’l va avtomobil bilan tashishlar variantida mos ravishda harakatlanuvchi tarkibni kirish-chiqish yo’llari bo’yicha berish xarajatlarini ham o’z ichiga olgan holda, so’m/t; – temir yo’l transporti bilan tashish sxemalariga bog’liq bo’lgan qayta yuklash operatsiyalarining soni (3.1 jadvalga qaralsin); — avtomobil transportidan temir yo’l transportiga va teskari qayta yuklash operatsiyalarining solishtirma xarajatlari (tarif stavkalari), so’m /t, — mos ravishda temir yo’l va avtomobil biln tashish variantlarida harakatlanish operatsiyalarining solishtirma xarajatlari (tarif stavkalari), so’m /t • km. Olingan teng foydali uzoqlikdan kichik masofalarga tashishlarni avtomobil transportidan foydalanishning iqtisodiy foydali zonasi soxasiga, katta masofalarga tashishlarni esa - temir yo’l bilan tashish variantidan foydalanish soxasiga kiritish lozim bo’ladi.

Bajarilgan hisoblashlar shuni ko’rsataliki, avtomobil va temir yo’l transportidan iqtisodiy foydali foydalanish sferalari tashiladigan yukning turi, tashish sxemasi, avtomobillarning tipi, avtomobil yo’llarining kategoriyasi va tashishning boshqa shart-sharoitlariga bog’liq ravishda yetarlicha katta oraliqlarda tebranadi. Masalan, ommaviy yuklar uchun to’g’ridan-to’g’ri temir yo’l bog’lanishida (sxema P1-M- P2) teng foydali uzoqlik bor-yo’g’i 10-15 km ni, kichik partiyali yuklar uchun va aralash tashish sxemalarida (P1-M-A2, A1-M-A2 va boshqalar) – 200-300 km gachani tashkil qiladi. Ba’zi bir hollarda tez buziladigan mahsulotlar va shoshilinch yuklar uchun yuk avtomobillarning maxsus tiplari va yaxshi yo’llar bor bo’lganda foydali zona 1000 km va undan ham ko’proqqa yetadi, shu sababli qisqa masofali foydali tashishlar zonasini yaratishga urinish noto’g’ri bo’ladi. SHu bilan birgalikda, tashishlarning arzonroq temir yo’l varianti bor bo’lganda, ommaviy yuklar va konteynerlarni uzoq masofalarga, xususan shaharlararo va xalqaro bog’lanishlarda tashishlardan foydalanish, ayniqsa suyuq yoqilg’ining barcha turlariga narxlarning keskin oshganligini hisobga oladign bo’lsak, iste’molchilar uchun ko’pncha foydali bo’lmaydi.


Download 101.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling