16-laboratoriya ishi Po‘lat balkani tekis egilishda ustivorlikka sinash
Download 0.51 Mb.
|
16-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.3. Tajriba o‘tkazish uchun qurilma
- 16.4. Tajriba o‘tqazish bo‘yicha nazariy hisoblashlar
- 16.5. Tajriba natijalari bo‘yicha xulosa
16-laboratoriya ishi Po‘lat balkani tekis egilishda ustivorlikka sinash 16.1. Tajribadan ko‘zda tutilgan maqsad Po‘lat konsol balka uchun kritik kuchini tajriba yo‘li bilan aniqlash. 16.2. Berilgan ish bo‘yicha asosiy tushunchalar Ushbu ishda to‘g‘ri to‘rtburchakli ko‘ndalang kesimli konsol balkaning tekis (yassi) egilishida ustivorlik qaraladi. Ma’lumki, tekis egilishda balkaning ixtiyoriy ko‘ndalang kesimi vertikal o‘q bo‘ylab o‘ziga parallel ko‘chadi. Yukning ma’lum qiymatida ko‘ndalang kesim vertikal o‘qqa nisbatan buriladi va konsol balkaning tekis (yassi) egilishida ustivorligi yo‘qotiladi. Yukning bu qiymati kritik kuchga to‘g‘ri keladi. Yassi balka uchiga qo‘yilgan yuklanish holati uchun kritik kuch quyidagi ifodadan aniqlanadi. , (16.1) bu yerda: l- yassi balkaning uzunligi; EJy - y o‘qiga nisbatan namuna kesimining bikrligi; GJkr- burilishdagi namuna kesimining bikrligi. Yassi egilishda ustivorlikni yo‘qotish holati to‘g‘ri chiziqli sterjenga nisbatan balkaning bo‘ylama o‘qini og‘ishlariga, hamda boshlang‘ich mahkamlangan holatiga nisbatan taqqoslash orqali ko‘riladi. 16.3. Tajriba o‘tkazish uchun qurilma Tajriba o‘tqazish qurilmasi to‘g‘ri to‘rtburchakli ko‘ndalang kesimli po‘lat konsol balkadan iborat (16.1-shakl). Balkaning uzunligi l=60 sm, to‘g‘ri to‘rtburchakli ko‘ndalang kesim eni b=0.114sm, balandligi h=4.5sm, po‘lat uchun elastiklik moduli E = 2.1·166 kg/sm2, Puasson koeffitsienti – µ=0.3 olinadi. 16.1-shakl 16.4. Tajriba o‘tqazish bo‘yicha nazariy hisoblashlar Nazariy hisoblashlar quyidagi formula orqali aniqlanadi. , bu yerda E– elastiklik moduli, G- siljish moduli, µ-Puasson koeffitsienti, Jy - y o‘qiga nisbatan balka kesimining inersiya momenti, Jkr - to‘g‘ri to‘rtburchakli kesimning burilishdagi inersiya momenti bo‘lib, G, Jy , Jkr quyidagicha aniqlanadi: 16.5. Tajriba natijalari bo‘yicha xulosa Egilishda yassi shakldagi ustivorlikni yo‘qotish holati mos ravishda yuk miqdori Rkr bilan aniqlanadi. Tajriba va nazariy yo‘l bilan aniqlangan Rkr qiymatlarini taqqoslab, tegishli xulosa chiqariladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling