Glossariy abolitsionizm
Download 68.22 Kb.
|
GLOSSARIY TARJIMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liberallashtirish
- Magistral
Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni Shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron bo‘ladi. Ya’ni, hech kim, hech birdavlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tadbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Legitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimyatining qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishini anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. Tarixan an’anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda nomoyon bo‘ladi. Liberalizm – (lot. erkinlik) mafkura, ijtimoiy-siyosiy harakat. U ijtimoiy imtiyozlar va avloddan-avlodga o‘tuvchi hokimyatga qarshi chiqib burjua qatlamlarining qarashlarini o‘zida mujassam etadi. Asosiy tamoyillari: individualizm, erkinlik, bozor va raqobatning mutloqligi, davlatni cheklash zarurligi (asoschilari I.Bentam, J.Mill, A.Smit, G.Spenser). Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo‘lishini, jamiyatning evolyusion rivojlanish yo‘lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot. Logistika – (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi. Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va uslublari majmui. Magistral – (lot. — bosh, asosiy) asosiy yo‘l. Qatnov yo‘li, umuman, tarmoqlangan sistemalarning asosiy qismi. Magistr – (lot. – boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o‘rtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy ta’lim kursidan so‘ng qo‘shimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi. Download 68.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling