Reja: XVI asr boshlarida sanoat va qishloq xo`jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti


Download 52.5 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1486990
  1   2
Bog'liq
G\'arbiy yevropada XVI asr - XVII boshlarida qishloq xo\'jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlar tarraqiyoti


G'arbiy yevropada XVI asr - XVII boshlarida qishloq xo'jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlar tarraqiyoti

Reja:



1. XVI asr boshlarida sanoat va qishloq xo`jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti .
2. Dastlabki jamg`armalar . Kapitalistik munosabatlarning paydo bo`lishi .
3. XVI – XVII asrlarda feodal – absolyut monarxiyalar.

Evropada so`nggi o`rta asrlar XVI asr va XVII asrning birinchi yarmini o`z ichiga oladi.


Bu davrning eng muhim voqeasi – feodal munosabatlarning emirilishi va kapitalistik mu-
nosabatlarning paydo bo`lishi hisoblanadi . Angliya va Niderlandiya kabi davlatlarda bu
jarayonlar nisbatan jadal rivojlanadi .
Kapitalistik munosabatlar paydo bo`lishining asosiy sharoiti ishlab chiqaruvchi kuchlar-
ning rivoji va mehnat qurollarining mukammallashishi edi . XVI asr boshlarida hunar-
mandchilikning ba`zi sohalarida rivojlanish sodir bo`ladi . Sanoatda suv g`ildiragi tobora
keng ishlatila boradi . Antik davrdan boshlab qo`llaniladigan suv tegirmoni o`rniga XIII
asrdan boshlab yuqoridan aylantiriladigan g`ildirak qo`llanila boshlanadi . Bunday g`ildi-
rak movutsozlikda , konchilikda , metallurgiyada , qog`oz ishlab chiqarishda tarqala
boradi .
To`qimachilikda ham rivojlanish kuzatiladi . Yigiruv ishlari takomillashadi . Vertikal
to`qimachilik stanoklari takomillashgan gorizontal stanoklar bilan almashtiriladi .
Qator Evropa davlatlarida ipak va ip – gazlama ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi . Yan-
gi bo`yoqlar tayyorlanib , bo`yash jarayonining o`zi takomillashadi .
Konchilik ishlarida va metallurgiyada muvaffaqiyatlarga erishiladi . Mehnat qurollari
va qurol– yarog`lar ishlab chiqarish uchun qora metallga ehtiyoj ortishi chuyan, mis,
temir, qazib olishni ko`paytirishni talab qiladi . Yer ustidagi foydali qazilmalar bu davrda
tugagani uchun , XV asrdan ko`p tarmoqli chuqur shaxtalar qazila boshlangan . O`tga
chidamli g`ishtdan katta domna pechkalari qurilib , unga suv g`ildiragi bilan havo purkash
tufayli yuqori temperatura hosil qilingan . ( chuyan olingan ) Chuyandan to`p va o`qlar
quyilgan . Suv bilan og`ir mexanik bolg`alar haraktga keltirilgan .
Kitob bosishning ixtiro qilinganidan keyin tipografiya ishlari rivojlanib ketadi . Bu vaqt-
da avtomatik mexanizmlardan prujinali va mayatnikli soatlar ma`lum bo`lgan . XV asrdan
pista ko`mir o`rniga toshko`mir ishlatila boshlanadi .
Ishchilarning mahorati va ish tajribasi oshishi ham muhim ahamiyatga ega edi . Ishlab
chiqarish texnoligiyasi murakkablashuvi bilan mehnat taqsimotining oshishi ixtisoslashuv-
ning chuqurlashuviga, yangi kasblarning ajralishiga, ish asboblarining takomillashuviga va
mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi .
XIV – XV asrlarda kemasozlikda va dengizchilik ishlarida yutuqlar qo`lga kiritiladi .
Kemalar hajmi kattarib , ularning texnik jihozlanishi yaxshilanadi . Natijada dunyo
savdosi kengayadi .
Sanoat rivojlanib , qishloq xo`jalik mahsulotlariga talab kuchayadi va qishloq xo`jalik
mahsulotlari tayyorlanishi va uning tovarligi oshadi . Lekin qishloq xo`jaligida sanoatda
bo`lganidek keskin rivojlanish kuzatilamaydi . Feodal ekspluatatsiya dehqonlar mehnati-
ning samaradorligiga yo`l qo`ymagan .
Qishloq xo`jalik qurollari o`zgarishsiz qolsada , endi takomillashib , yaxshi metalldan
tayyorlana boshlanadi , engil va qulayroq ko`rinish oladi .
XV asr II yarmidan boshlab 1– 2 ot qo`shilgan engil pluglardan foydalana boshlaydilar.
Qishloq xo`jaligida ham ma`lum siljishlar ro`y beradi: hosildorlik oshadi, ekin maydonlari
kengayadi. Ekin maydonlarini kengaytirish uchun ko`l va botqoqliklarni , dengiz toshib tu-
radigan tekisliklarni quritish injenerlik hisoblarini taqozo qilar edi . Agrotexnika yaxshila-
nadi. Tuproqni toqf, go`ng, kul va b. bilan o`g`itlash tarqaladi. Uch dalali almashlab ekish
bilan bir qatorda ko`p dalali almashlab ekishga o`tiladi .
Chorvachilik ham rivojlanadi . Niderlandiya , Angliya , Germaniya kabi davlatlarda
chorvani bir joyda saqlab boqish qo`llaniladi , uning zotdorligi oshadi .
Uzumchilik, polizchilik, bog`dorchilik rivojlanadi. (Ayniqsa shaharlarga yaqin yerlarda)
Ekin navlari yaxshilanadi .
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tayyorlash bo`yicha hududlarning ixtisoslashuvi kuzati
ladi. M., Gollandiya- sut chorvachiligi bo`yicha ixtisoslashadi ( sut va pishloq eksport
qilgan ) , Germaniyaning Reyn viloyatlari - uzumchilik va vinoning ba`zi turlarini
tayyorlashga, Valensiya va Granada – ipak tayyorlashga , Kastiliya – ingichka tolali
qo`ychilik va yung sotishga ixtisoslashadi .
Umuman qishloq xo`jaligida o`zgarishlar kapitalistik munosabatlarning paydo
bo`lishiga olib keladi . Biroq feodal tartiblar hali qishloq xo`jaligida tub o`zgarishlarga
yo`l qo`ymaydi .
Shahar va qishloqlarda tovar xo`jaligining kengayishi yakka ishlab chiqarishning yirik
kapitalistik ishlab chiqarish bilan almashinuviga shart – sharoit yaratadi .
Mayda feodal ishlab chiqarish o`z sodda ish qurollariga ega bo`lgan krepostnoy va
qaram dehqonlarga yer berish orqali tashkil qilingan . Tsex va qishloq hunarmandlari ham
o`z ish qurollariga va xom– ashyoga ega bo`lganlar . Kapitalistik ishlab chiqarish usuli esa
nisbatan yirik korxonalarda ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan shaxsan erkin
kishilarning yollanma mehnatiga asoslanadi . Shuning uchun ishlab chiqaruvchilarning
ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lishi kapitalistik ishlab chiqarishning shart– sha-
roiti hisoblanadi. Kapitalist feodaldan farqli ravishda yollanma ishchini sotishi va sotib oli-
shi mumkin emas . Bu shart – sharoitlar dastlabki kapital jamg`armalar jarayonida yarati-
ladi .
XVI– XII asrlarda savdogarlar, so`dxo`rlar tomonidan soliqlar sotib olinishi, qirollarga
katta % evaziga qarz berish, so`dxo`rlik qilish orqali ko`p miqdorda pul mablag`lari to`p-
lanadi . Davlatning proteksionizm va merkantilizm siyosati ham jamg`armalar yig`ilishiga
yordam beradi . ( proteksionizm – chetdan keltiriladigan mollarga baland boj to`lovlari jo-
riy qilinishi )
Mustamlakalarni talash – jamg`armalarning muhim manbalaridan biri edi . Ispan va
portugallar Yangi Dunyoda cheksiz boyliklarni qo`ga kiritdilar. Amerika konlarida mahal-
liy va Afrikadan keltirilgan negr – qullar ishlatilib , qimmatbaho metallar Evropaga tashila
boshlangan . Mustamlakalarda savdo savdogarlarni boyitadi . Ispan va portugallardan
keyin golland va ingliz istilochilari va savdogarlari mustamlakalarni talashni boshlaydi .
Mustamlakalardan orttirilgan boylik metropoliyaga oqib kelib , kapitalga aylanadi .
Mustamlakalardan juda ko`plab oltin va kumush oqib kelishi natijasida inflyatsiya sodir
bo`lishi “ baholar inqilobi ” deb atalgan hodisani keltirib chiqaradi . Bu esa ko`plab savdo-
garlar va tadbirkorlarning qo`lida katta mablag` hosil bo`lishiga olib keladi . Baholar inqi-
lobi avval Ispaniya va Portugaliyaga, keyinroq Frantsiya, Angliya, Niderlandiya va b. dav-
latlarga yoyiladi .
Soliqlar oshishi, qarzlar ko`payishi natijasida shahar va qishloq aholisining katta qis-
mini ommaviy qashshoqlanishiga olib keladi . Ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish
ositalaridan mahrum qilinishi ichki bozorni kengaytiradi . Endi kechagi dehqon va hunar-
mand tovar iste`mol qiluvchiga aylanib , o`z ishchi kuchini sotib kun ko`ra boshlaydi .
Yangi mamlakatlarning kashf qilinishi va mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi
bilan savdo dunyo miqyosida olib boriladi . Dunyo kapitalistik bozorining yuzaga kelishi
muhim tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi , chunki mamlakatning burjuacha rivojlanish darajasi
uning dunyo bozorida tutgan mavqeiga bog`liq edi .
Shunday qilib, dastlabki jamg`armalarning natijasi yirik mablag`larga ega bo`lgan bur-
jua tipidagi tadbirkorlar paydo bo`lishiga va shahar hamda qishloq ahloisining yoppasiga
ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan pauperlarga , korxonalarning yollanma
ishchilariga aylanishiga olib keladi . Kapitalistik korxonalar kapital va yollanma
mehnatning qo`shilishini va uning natijasida qo`shimcha qiymat hosil qilinishini ta-
qazo qilgan .
Yollanma mehnat evaziga yashovchilar kapitalistik munosabatlardan avval paydo bo`-
ladi . Ayniqsa , Angliyada yerlar to`sib olinib, qo`ychilik yaylovlariga aylantirilganda
aholi qashshoq – daydilarga aylanadi . Qirol farmonlaridan birida : “ Avval 200 kishi
ishlagan maydonda 2– 3 cho`pon qolgan” – deyilgan edi . Qolganlari haydab yuboriladi .
Kapitalistik korxonalarda mehnat og`irligi ham daydilar ko`payishiga sabab bo`ladi .
Ayniqsa , Niderlandiya , Frantsiya va Ispaniya kabi davlatlarda daydilarga qarshi qonli
qonunlar chiqariladi . Daydilar hatto o`limga mahkum etilganlar . Daydilarni yumushxona-
larga joylashtirganlar . Bunday joylarda og`ir mehnatdan va ochlikdan ko`plab daydilar
halok bo`lganlar . Shu usullar bilan kapitalistik korxonalar uchun ishchilar armiyasi hosil
qilingan .
Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakli oddiy kapitalistik kooperasiya bo`lib , buna
tadbirkor bir xil ishni bajaruvchi mayda hunarmandlarni ishlatgan . Ish qurollariga ko`ra
manufaktura o`rta asr hunarmandchiligidan kam farq qilgan ( lotin “ manufaktura”– qo`lda
ayyorlash ) . Biroq alohida korxonalarda mehnat taqsimoti sodir bo`lgan . Ishchilar alohi-
da vazifani bajarganligi mehnat unumdorligini oshirgan . Manufakturaning tsex cheklovla-
ridan xoli ekanligi uning rivojlanishiga imkon beradi . Manufakturaning uch asosiy ko`ri-
nishi mavjud bo`lgan: markazlashgan, tarqoq va aralash. Markazlashgan manufaktura nis-
batan samarali va rivojlangan bo`lgan . Bu yirik kapitalistik korxona bo`lib , yuzlab ishchi
har xil ishlarni bajarganlar . To`qimachilik , konchilik , metallurgiya , poligrafiya , shakar-
pazlik kabi tarmoqlarda markazlashgan manufakturalar paydo bo`ladi . ( Bu yerda texno-
logik jarayon ko`plab ishchilarni yonma – yon ishlashini taqazo qiladi ) . Armiya va davlat
ehtiyojlari uchun davlatlar ham markazlashgan manufakturalarga asos solganlar .
Tarqoq manufakturada savdogar yoki tadbirkor uy hunarmandlarini xom – ashyo bilan
ta`minlab, ularning mahsulotlarini sotish bilan ham shug`ullangan . Shu tariqa
hunarmandlar yollanma ishchilarga aylana boradi. Bunday manufakturalar tsex reglamenti
bo`lmagan joylarda, to`qimachilik sohasida paydo bo`ladi . Uy hunarmandlarini ishlatish
bilan birga tadbirkor ko`plab kishilar ishlaydigan manufakturalar tashkil qilganlar . Bu
yerda nisbatan murakkab va muhim operatsiyalar bajarilgan . ( bo`yash , tayyor
mahsulotga ishlov berish va b., )
Chuqur mehnat taqsimoti evaziga markazlashgan manufakturalarda mehnat unumdor-
ligi oshadi . Hamma operatsiyalarni bajargan ishchi bir kunda 20 igna tayyorlagan bo`lsa ,
bunday manufakturalarda 10 ta ishchi ma`lum bir operatsiyani bajarib, 4800 igna tayyorla-
gan . Mehnat taqsimoti ma`lum bir ishchi bajaradigan ishni mexanizlashtirish –
mashinalarni paydo bo`lishiga turtki bo`ladi . Feodal munosabatlari hukmronligi davrida
markazlashgan manufakturalar kamdan – kam uchraydigan voqea edi .
Reformatsiya davrida katolik cherkovi va monastir yerlarini musodara qilinishi va soti-
lishi Angliya , Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlarda dehqonlarning ommaviy ra-
vishda yashash vositalaridan mahrum bo`lishini tezlatdi . Reformatsiya yer egaliklari qo`l-
dan– qo`lga o`tishiga va agrar munosabatlar xarakteri o`zgarishiga olib keladi . XVI- XVII
asrlarda qishloqlarda ham kapitalistik munosabatlar paydo bo`ladi . Biroq ish qurollari ri-
vojlanishi , ijtimoiy mehnat taqsimoti va feodal munosabatlarning emirilishi qishloqlarda
sekin boradi . Shunga ko`ra kapitalistik munosabatlar ham sekin rivojlanadi .
Qishloq xo`jaligini kapitalistik asosda qayta tashkil qilish uchun Angliya va Niderlan-
diyada qulay shart – sharoit yuzaga keladi . Angliya dvoryanlari va burjuasi musodara qi-
lingan monastir yerlarini sotib olib , aholini haydaydi va bu yerda qishloq xo`jalik ishchi-
lari – batraklarning yollanma mehnatiga asoslangan dehqonchilik xo`jaliklari va qo`ychilik
aydonlari tashkil qildilar .
Yangi egalari yerni dehqonlarga va shahar burjuasiga ijaraga beradi. Ko`plab davlatlar-
da ijaraning birinchi shakli chorikorlik bo`lgan . Bunda mulkdor ijarachiga yer , urug` va
ish qurollarini bergan . Ijarachi ba`zida yollanma mehnatdan foydalanib ijaraga olingan
yerda xo`jalik yuritgan . Yer nisfikorlik asosida ham ijaraga berilgan . Bunda ikki tomon
teng xarajat qilgan va daromadni teng taqsimlagan .
Fermerlik paydo bo`lgandan keyingina kapitalistik ijara yuzaga keladi . Fermer katta
yer maydonlarini ijaraga olib , yollanma ishchi kuchi bilan unga ishlov bergan . Bunday
vaqtda yer egasiga beriladigan renta yollanma ishchilar yaratgan qo`shimcha qiymatning
bir qismini tashkil etgan . Shu tariqa qishloq xo`jaligida kapitalistik ishlab chiqarish muno-
paydo bo`ladi . Fermerlik Angliyada , Niderlandiyada , Shimoliy Frantsiyada tarqaladi .
Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida krepostnoy mehnatga asoslangan
barshchina xo`jaliklari kengayadi . Asosiy ijtimoiy va siyosiy kuch bo`lib turgan
dvoryanlar tovar pul munosabatlari rivojlanishidan o`z manfaatlari yo`lida foydalanadilar .
G`arbiy Evropa davlatlarida shaharlarning kengayishi bilan qishloq xo`jalik mahsulotlari-
ga ehtiyoj ortishi bu hududlarda yirik barshchina xo`jaliklarini rivojlanishiga turtki beradi .
Sotishga ko`proq g`alla chiqarish uchun feodallar qarzdor dehqonlar yerlarini , jamoa
yerlarini tortib olib, o`zlarining ekin maydonlariga aylantiradilar . Bu yerda barshchina
mehnatidan foydalanishga asoslangan xo`jaliklar tashkil etiladi . Agrar munosabatlarning
bunday rivojlanishi shahar va qishloqlarda kapitalizmning paydo bo`lishiga to`siq bo`ladi .
XVI – XVII asrlarda feodal – absolyut monarxiyalar .
Feodalizm emirilib , uning asosida kapitalistik ukladning paydo bo`lishi bilan bog`liq
feodal jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy tizimidagi (struktura) chuqur siljishlar tufayli
feodal davlatining shakli o`zgaradi – ko`plab mamlakatlarda toifaviy monarxiya absolyut
monarxiya bilan almashadi . Qirol hokimiyati feodal aristokratlarini bo`ysundirib ,
byurokratik apparat yordamida yakka o`zi mamlakatni boshqara oladigan darajada
kuchayadi . Avval paydo bo`lgan toifa – vakillik muassasalari ( Bosh Shtatlar , Parla-
ment va h. )ahamiyatini yo`qotadi yoki umuman chaqirilmay qo`yiladi. Qonun chiqarish,
soliqlar joriy qilish, tashqi siyosat markaziy hokimiyat ixtiyoriga o`tib , qirol va unga
yaqin bo`lgan tor doiradagi mansabdorlar bilan hal qilingan . Qirol cherkovni ham
bo`ysundiradi , uning boyliklari ustidan nazorat o`rnatadi .
Dehqonlardan , shaharliklardan , burjuaziyadan olinadigan soliqlar orqali absolyut mo-
narxiyalar qo`lida katta mablag` to`planadi. Bu monarxlar uchun ko`p sonli amaldorlar ap-
parati va doimiy armiyani saqlashga , faol tashqi siyosat olib borishga imkon bergan . Ab-
solyut monarxiyalar dvoryanlar va burjuaziya manfaatida har qanday qarshiliklarini bosti-
ra olgan . Dvoryanlar absolyut monarxiyaning ijtimoiy tayanchi hisoblangan , u dvoryan-
arning manfaatini himoya qilgan . Lekin iqtisodiy va siyosiy haq - huquqlarini
yo`qotishni istamagan feodallar va dvoryanlar qirol hokimiyati va uning byurokratik
apparatining kuchayib ketishini ham xohlamaganlar . Bu qarshiliklarni engish uchun qirol
feodallarga qarshi bo`lgan siyosiy kuchlardan – burjuaziyadan tayanch topgan . Demak ,
absolyutizm paydo bo`lishi kapitalistik munosabatlarning ma`lum darajada rivojlanishini
taqazo qiladi . Burjuaziya absolyut monarxiyani kadrlar va mablag`lar bilan ta`minlagan.
(Proteksionizm va merkantilizm orqali olinadigan daromad o`rniga) Ma`lum bir vaqtgacha
bunday ittifoq burjuaziyani qanoatlantirgan va burjuaziyani o`zini o`nglab olishiga imkon
bergan .
Absolyut monarxiyalar Evropa davlatlarida milliy sanoat va savdoni rivojlantirish
uchun va siyosiy markazlashuvni tugallanishi uchun ijobiy ahamiyatga egabo`ldi . Bu va-
zifalarni absolyut monarxiya territorial birlik va ma`lum darajadagi iqtisodiy rivojlanish
mavjud bo`lsagina amalga oshira olgan . Angliya va Frantsiya kabi davlatlarda shunday
sharoitlar bo`lgan va ular XVI asrdayoq markazlashgan milliy davlatlarga aylangan edi .
Ispaniyada kapitalistik uklad kuchsiz , mamlakat siyosiy birlashuvi tugallanmagani uchun
absolyutizm xo`jalik taraqqiyotiga va mamlakat jipslashuviga doir masalalarni hal qila ol-
magan . Germaniya , Italiya kabi tarqoq mamlakatlarda absolyutizm faqat territorial bir-
lashmalarda vujudga keladi. Bunday territorial– knyazlik absolyutizmni etnik jipslashuvga
yordam bermagan , milliy jipslashuvga to`siq bo`lgan . Burjuaziya va absolyutizmning
vaqtinchalik ittifoqi uzoqqa bormaydi. Feodal jamiyatida kapitalistik ukladning tinch –
totuv yashashi ham mumkin bo`lmay qoladi . Kapitalistik ukladning va burjuaziyaning
rivojlanishi feodal tuzumga xavf soladigan vaqt yetib keladi . Burjuaziya kuchayib, siyosiy
hokimiyatga da`vo qila boshlaganda, absolyutizm burjuaziyani talash va bostirish payiga
tushadi. Burjuaziya ham o`z davrining progressif kuchlarining manfaatini ifoda qilib ,
absolyutizmga qarshi kurash olib boradi . Bu mojaro burjua inqiloblarida o`z yechimini
topadi . Dehqonlar va shahar plebsi feodalizmni yuqotilishidan manfaatdor bo`lgani
uchun bu inqiloblarning asosiy kuchini tashkil qiladi. Germaniyadagi Dehqonlar urushi va
Reformasiya amalga oshmay qolgan dastlabki burjua inqilobi edi . 1566 – 1609 yilgi
Niderlandiya burjua inqilobi natijasida Evropada birinchi burjua respublikasi – Gollandiya
Respublikasi qaror topadi .
Adaboyotlarlar:



Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling